Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

"Biznes hamkor" 0%

Biznes hamkoringiz bilan yangi cho'qqilarni zabt eting

Batafsil

Tashqi savdoni moliyalashtirish

Bugungi kundagi iqtisodiy va moliyaviy sharoitlar xalqaro savdodagi hisob-kitoblarning ishonchliligi va raqobatli moliyalashtirishdan foydalanish imkoniyatlariga boʼlgan alohida talablarni qoʼyadi. 

Ipoteka-bank mijozlarga dokumentar hisob-kitoblarning eng zamonaviy shakllari va savdoni moliyalashtirish vositalarini taqdim etishi mumkin. 

Hisob-kitoblarning dokumentar shakllari butun dunyoda xaridorlar hamda sotuvchilar uchun risklarni kamaytiruvchi hisob-kitoblarning ishonchli va qulay usullari sifatida tan olingan.  Savdoni moliyalashtirish tovarlar va xizmatlarning aylanish muddati bilan mos keluvchi nisbatan arzon moliyalashtirish manbalarini olishga imkon beradi. 

Savdoni moliyalashtirish — bu mijozlarimiz tomonidan tuzilgan eksport-import shartnomalari boʼyicha tashqi savdo amaliyotlarini turli toʼlov vositalari,  jumladan,  eng koʼp foydalaniladigan hujjatli (dokumentar) akkreditivlar orqali moliyalashtirishdir. 

Ipoteka-bank mijozlarining kontragentlari tomonidan shartnomalar (kontraktlar) shartlarining bajarilishi ustidan nazorat qilish boʼyicha amaliy yordam va xorijiy valyutadagi dokumentar akkreditivlar boʼyicha istalgan amaliyotlarni taklif qiladi.