Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Axborot va bank brendi xizmati

“Ipoteka-bank” АTIB Аxborot va bank brendi xizmatining asosiy vazifalaridan biri bu bank faoliyati toʼgʼrisidagi axborotlarning toʼgʼri, ochiq va xolis yoritilishini taʼminlashdan iborat. 

Аxborot xizmati bankni aloqa strategiyasini amalga oshiradi va bevosita Bank Boshqaruvi Raisiga boʼysunadi. 

Bankning axborot siyosati, avvalo, jamiyatning bank faoliyatiga nisbatan ishonchini mustahkamlash, moliya bozori ishtirokchilari bilan samarali muloqot tizimini yaratish, fuqarolarning moliyaviy savodxonligini oshirish va oʼz huquqlarini himoya qilishga qaratilgan zaruriy bilimlar bilan boyitib borishni oʼz ichiga oladi. 

Ipoteka-bank faoliyati toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni uning rasmiy kanallari orqali press-reliz, bank vakillarining ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlari koʼrinishida yoritib boradi va rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida muntazam yangilab boradi.

Bank matbuot xizmati mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalari bilan oʼzaro ishonchli aloqalarni oʼrnatish maqsadida brifing, suhbat, matbuot anjumanlarini tashkillashtiradi va elektron murojaatlarga yozma javob tayyorlaydi.

Аsosiy vazifalari

• Jamoatchilik orasida bankning ijobiy imijini shakllantirish;

• jamoatchilikni bank faoliyati haqidagi ijobiy maʼlumotlar bilan qamrab olish;

• ziddiyatli muammolarni oldini olish;

• ommaviy axborot vositalari vakillari bilan hamkorlik qilish;

• jamoatchilik bilan oʼzaro aloqalar samaradorligini oshirish;

• ommaviy axborot vositalari uchun xabarlarni tayyorlash va tarqatish;

• bank faoliyatiga doir masalalar boʼyicha bosma materiallarni tayyorlash hamda milliy va xorijiy nashrlarda eʼlon qilish, tele va radioeshittirishlarni tashkil etishni muvofiqlashtirish;

• jurnalistlar bilan aloqalarni kuchaytirish;

• ommaviy axborot vositalaridagi turli maʼlumotlarni nazorat qilish;

• ommaviy axborot vositalari vakillari bilan matbuot konferentsiyalari, brifinglari, suhbatlari va boshqa uchrashuvlarini tashkil etish; 

• Yangilik va axborotlar tayyorlash;

• PR raqobatchilarini nazorat qilish;

• Press-reliz va axboriy lavhalarni tayyorlashdan iborat.


Telefon:. 78-147-47-13 

Elektron pochta: info@ipotekabank.uz

Telegram kanali: https://t.me/ipotekabank_press