Nashr etilgan: 13 iyun, 2019
Andijonda “Intensiv usulda baliq etishtirish bo'yicha Xitoy tajribasi” mavzusida respublika seminari bo'lib o'tmoqda.
Seminarda mamlakatimizda, xususan, Andijon viloyatida mazkur yo'nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, yutuq va mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi, xorijlik mutaxassislarning baliqchilikni rivojlantirishga oid ma'ruzalari tinglandi, ishtirokchilar intensiv usulda baliq etishtirayotgan qator xo'jaliklar faoliyati bilan bevosita tanishdi.