phone Ishonch telefon raqami: (78) 150-89-55

Ma'lumot uchun: (78) 150-89-56

UZCARD

UZCARD
Valyuta:
UZS
Depozit:
yo'q
Ochish uchun bank komissiyasi:
yo'q

Xizmat turlari To'lov miqdori

1

A) Ish haqi, pensiya, nafaqa, aliment va stipendiya loyihalari asosida plastik kartochkalarni emissiya qilish;

B) So'm plastik kartochkani texnik nosoz holga kelganini yangisiga almashtirish

Bepul

2

- Amal qilish muddati o’tgan plastik kartani yangisiga almashtirish

- Plastik karta yo'qotilganida

Eng kam oylik ish haqining 15 foizi

3

Jismoniy shaxslarga yangi plastik kartani emissiya qilish hamda plastik kartasi texnik ishdan chiqqanda yoki yo'qolganda

Eng kam oylik ish haqining 15 foizi

4

Plastik kartani blokirovka holatidan chiqarish

Bepul

5

Milliy valyutadagi plastik kartalardan naqd pul mablag’larini Ipoteka-bankning terminallari orqali yechilganda:



- Ipoteka-bank plastik kartochkalaridan




- Boshqa bank plastik kartochkalaridan





bepul



yechilgan mablag’dan 1 foiz miqdorida

6

Milliy valyutadagi plastik kartalardan naqd pul mablag’larini Ipoteka-bankning bankomati orqali echilganda

yechilgan mablag’ning 1 foizi

7

Plastik kartochkani “Stop-list”ga qo'yish (barcha turdagi plastik kartalar uchun)

Bepul

8
Ipoteka-bankda ochilgan jismoniy shaxs plastik kartasiga tranzit hisobvaraqlari orqali mablag’larni kirim qilish:
- Ipoteka-bank plastik kartalaridan Bepul
- Ipoteka-bank mijozi bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning mablag’larini Ipoteka-bank plastik kartalariga naqdsiz kirim qilganda Bepul
-Boshqa tijorat bank omonat va plastik kartochkalaridan Bepul
- Boshqa tijorat banklaridan kelgan naqdsiz mablag’lar kirim qilinganda Bepul


Har bir karta egasi uchun bank maxsus bank hisobraqam ochadi. Ushbu hisobvaraqda kartochka egasi o‘z ixtiyori bo‘yicha foydalanishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari saqlanadi. Kartochka ushbu hisobvaraqdan foydalanish uchun o‘ziga xos “kalit” hisoblanadi. Kartochkasiz ushbu hisobraqam bo‘yicha birorta ham amaliyotni amalga oshirish mumkin emas.

Mikrochip — kartochka sohibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, PIN kodlar va kartochka bilan amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa ma’lumotlarni o‘zida shifrlangan ko‘rinishda saqlovchi moslama.

PIN kodlar — bu faqat kartochka sohibiga ma’lum bo‘lgan parollar. Ulardan kartochka Egasi karta bo‘yicha amaliyotlarni tasdiqlash uchun foydalanadi. PIN kodlarning ikki turidan foydalaniladi: PIN №1 — mablag‘ni kartochkaga kirim qilish uchun, PIN №2 — mablag‘ni harajat qilish uchun parol.

PIN №1 va №2 — 1 dan 8 tagacha xonali raqamgacha bo‘lgan koddan iborat bo‘lishi mumkin. Bank tomonidan 4 tadan kam bo‘lmagan raqamdan tashkil topgan parollarni o‘rnatish tavsiya qilinadi. Siz o‘z ixtiyoringiz bo‘yicha PIN kodlarni o‘zgartirishingiz mumkin. Buni infokiosklar, terminallar hamda Ipoteka-bank filiallarida amalga oshirish mumkin.

Karta yo‘qolgan taqdirda nima qilish kerak?

Karta o‘g‘irlangan yoki yo‘qotilgan hollarda qisqa muddatda telefon orqali yoki karta yo‘qotilganligi to‘g‘risidagi ariza bilan bankka murojaat qiling.

Ehtiyotkorlik choralari

  • kartani jismoniy shikastlanish (buklash, tushib ketishlar kabilar)dan ehtiyot qilish;
  • kartaning plastik asosini, ayniqsa, mikrochip joylashgan joyni deformatsiyalarga duchor qilmaslik;
  • kritik haroratlar ta’siriga qo‘ymaslik;
  • kartaga namlik va suyuqliklar, yemiruvchi plastik va tekstolitlar tushishidan ehtiyot qilish;
  • mikrochipni statik va elektr kuchlanishi ta’siridan ehtiyot qilish;
  • kartochkadan faqat ko‘zlangan maqsadda foydalanish.


Ipoteka-Bankning debet kartasi – bu zamonaviy va qulaydir!

Plastik karta bilan birgalikda Siz quyidagilarga ega bo‘lasiz:

  • hisob-kitoblarning xavfsizligi va pul mablag‘larining saqlanishi;
  • hisob-kitoblarni amalga oshirishda kupyuralarni sanashga sarflanadigan vaqtni tejab qolish;
  • o‘zingiz bilan katta hajmdagi naqd pul pachkalarini ko‘tarib yurish zaruriyatining yo‘qligi;
  • hisob-kitoblardagi aniqlik;

Ular tufayli Siz quyidagilarni amalga oshirishingiz mumkin:

  • savdo-xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida (terminallar mavjud bo‘lgan joylarda) vositachilik haqi olinmagan holda tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish;
  • barcha turdagi kommunal xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish;
  • avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari xizmatidan foydalanish;
  • uyali va shahar telefon aloqasi hamda internet provayderlarining xizmatlari uchun to‘lash;
  • boshqa istalgan tashkilotlar va korxonalarning hisobrakamlariga to‘lovni amalga oshirish;
  • Ipoteka-Bank filiallarida vositachilik haqi olinmagan holda kartadan mablagni naqdlashtirish;

Karta olish uchun quyidagilar zarur:

  • Bank filialida ariza shaklini to‘ldirish (pasportning bo‘lishi shart);
  • shartnomani imzolash.
On-line maslahatchi
Qo'ng'iroqni buyurtma qilish