Aksiyalar va dividendlar

«Ipoteka-bank» ATIB aksiyadorlari tuzilmasi 01.06.2026 holatiga

Aksiyadorlar ro‘yxati

Ustav kapitalidagi ulushi, %

1

OTP Bank Plc.

72,89%

2

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

17,49%

3

Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (XMK)

8,7%

4

boshqa yuridik shaxslar (aksiyadorlar soni - 4 566)

0, 65%

5

jismoniy shaxslar (aksiyadorlar soni– 19 008)

0,27%

 

Ustav kapitali (jami aksiyadorlar soni - 23 574)

4 199 123 112 258

Aksiya — o‘z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘oz ( O‘z.R. “Qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risida”gi qonuni, 3-modda).

“Ipoteka-bank” ATIB tomonidan muomalaga chiqarilgan va to‘liq joylashtirilgan aksiyalarning umumiy soni: 3 834 217 638 941 dona.

  • Oddiy aksiyalar - 3 826 165 638 941 dona.
  • Imtiyozli aksiyalar - 8 052 000 000 dona.

1 dona aksiya nominal qiymati – 1 so‘m.

Oʼzbekiston Respublikasi “Аksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʼgʼrisida”gi Qonunining 53-moddasiga asosan, Dividend foydaning soliqlar va boshqa majburiy toʼlovlar toʼlanganidan, qayta investitsiya amalga oshirilganidan soʼng aksiyadorlik jamiyati ixtiyorida qoladigan, aksiyadorlar oʼrtasida taqsimlanishi kerak boʼlgan qismidir.

Oʼzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga asosan, dividendlar - aksiyalar boʼyicha toʼlanishi lozim boʼlgan daromad? yuridik shaxs tomonidan uning muassislari oʼrtasida (ishtirokchilari, aʼzolari oʼrtasida ularning ulushlari, paylari, hissalari boʼyicha) taqsimlanadigan sof foydaning va (yoki) oʼtgan yillardagi taqsimlanmagan foydaning bir qismi? yuridik shaxs tugatilganda mol-mulkni taqsimlashdan olingan, shuningdek muassis (ishtirokchi, aʼzo) tomonidan yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini (payini, hissasini) olgandagi daromadlar, bundan muassis (ishtirokchi, aʼzo) ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida kiritgan mol-mulkning qiymati chegiriladi, taqsimlanmagan foyda ustav fondini (ustav kapitalini) koʼpaytirish uchun yoʼnaltirilgan taqdirda, yuridik shaxs aksiyadorining, muassisining (ishtirokchisining, aʼzosining) qoʼshimcha aksiyalar qiymati, aksiyalar nominal qiymatining oshishi, ulush (pay, hissa) qiymatining oshishi tarzida olingan daromadlari.


Malumot 5 Emitent tomonidan 2024 yil uchun aksiyadorlarga to‘lab berilgan dividendlar


2005-2022yillar uchun hisoblangan va to'lab berilgan dividendlar tarihi


* 2017 yil 29 mayda aksiyalarni maydalash va qoʼshimcha chiqarish yoʼli bilan kapitalizatsiya qilindi va har 3578 dona aksiyaga 448 dona aksiya qoʼshib berildi.


Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg
Oxirgi yangilanish sanasi: 18.06.2026