Internet Bank

Onlayn biznes yuritish uchun cheksiz imkoniyatlar

Ariza qoldirish
Internet Bank
Bepul ulanish
Bepul ulanish
Barcha biznes imkoniyatlari ulanish to‘lovi sizsiz
Qulaylik va mavjudlik
Qulaylik va mavjudlik
Biznesingizni 24/7 boshqaring, filiallarga borishga hojat yo‘q
Abonent to‘lovi yo‘q
Abonent to‘lovi yo‘q
Keng xizmatlar spektri oylik to‘lovlarsiz
Moliyangizni dunyo bo‘ylab erkin boshqaring
Sizga kerak bo‘lgani — internetga ulangan kompyuter yoki noutbuk

Hisob-kitob va buxgalteriya

• To‘lovlarni milliy valyutada o‘tkazing
• Talabnomalarni yuboring
• Moliyaviy mablag‘lar va ularning aylanishini kuzatib boring

To‘lovlarni milliy valyutada o‘tkazing

Talabnomalarni yuboring

Moliyaviy mablag‘lar va ularning aylanishini kuzatib boring

TIF va valyuta

• Valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshiring
• Valyuta to‘lovlarini bajaring

Valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshiring

Valyuta to‘lovlarini bajaring

Rivojlanish va xizmatlar

• Yuoqori foizli depozitlarni joylashtiring
• 1C va Dibank integratsiyasidan foydalaning

Yuoqori foizli depozitlarni joylashtiring

1C va Dibank integratsiyasidan foydalaning

Ish haqi va kartalar

• Ish haqlarini ish haqi loyihasi hisobiga o‘tkazing
• Mablag‘larni korporativ karta hisobiga o‘tkazing

Ish haqlarini ish haqi loyihasi hisobiga o‘tkazing

Mablag‘larni korporativ karta hisobiga o‘tkazing

Tizim hujjatlari va imkoniyatlari

Internet banking korporativ mijozlarga hisobraqamni masofadan boshqarish uchun to'liq ko'lamdagi xizmatlarni ko'rsatuvchi dasturiy majmuadir.
Internet banking xususiyatlari
• Pul mablag'larining harakati va hisobraqamidagi qoldiq mablag'lar to'g'risida batafsil ma'lumotlar olish
• Ipoteka-bankka to'lov hujjatlarini milliy va chet el valyutalarida elektron ko'rinishda jo'natish
• Jo'natilgan to'lovlarning holatini ko'rish
• Hisobraqam bo'yicha amaliyotlarni amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni olish
• Xodimlar ish haqini plastik kartochkalar hisobraqamlariga o'tkazish
• Bankka elektron-raqamli imzo bilan tasdiqlangan to'lov hujjatlarini jo'natish
Internet banking afzalliklari
• Foydalanishning soddaligi va qulayligi
• Hisobraqamlaringizni Internet bank orqali boshqarish uchun qo'shimcha bilim va tajriba talab qilinmaydi
• Bank to'lovlari va operatsiyalarini amalga oshirishda vaqtni tejash
• Bankka tashrif buyurish va navbatda turish, shuningdek to'lov hujjatlarini rasmiylashtirishda vaqt sarflanmaydi
• Banklar ishtirokisiz ularning hisobraqamlari holati va to'lov hujjatlari rasmiylashtirilishi ustidan doimiy monitoring olib borish
“Internet-Bank” tizimida to'g'ri ishlash uchun Bank tomonidan sizga berilgan kalit turiga qarab mos dasturiy ta'minotni o'rnatishingiz zarur:
Drayver yuklab olish“Oq kalit” bilan kirish
Drayver yuklab olish“Qora kalit” bilan kirish
Drayver yuklab olish“Ko'k kalit” bilan kirish
Drayver yuklab olish (en)Ingliz tilidagi interfeys uchun.

O'rnatishdan oldin quyidagilar mavjudligiga ishonch hosil qiling:
• Operatsion tizim va veb-brauzerning yangilangan versiyasi o'rnatilgan;
• Operatsion tizim: MS Windows 8.1 va undan yuqori;
• Qo'llab-quvvatlanadigan brauzerlar:
• Internet Explorer 10 va undan yuqori (tizimning ruscha versiyasi uchun majburiy);
• Dasturiy ta'minotni o'rnatish uchun administrator huquqlari mavjud;
• Antivirus yoki Windows Defender orqali dastur o'rnatilishini bloklash o'chirib qo'yilgan.

Drayverlar o'rnatilgach, brauzerni qayta ishga tushiring va “Internet-Bank” tizimiga kirishni takrorlang.
Ingliz tilidagi interfeysda ishlash uchun:
Dibank — to'lov hujjatlarini kiritish va yuborish, mijozlardan tushumlarni kuzatish, shuningdek, bevosita «1C Buxgalteriya» dasturida onlayn rejimda hisobvaraqdan mablag'larni chiqarish imkonini beradi
Dibank
Dibank – to'lov hujjatlarini kiritish va yuborish, mijozlardan tushumlarni kuzatish, shuningdek, bevosita «1C Buxgalteriya» dasturida onlayn rejimda hisobvaraqdan mablag'larni chiqarish imkonini beradi.
«Dibank» servisining afzalliklari
• «1C Buxgalteriya» dasturidan bank hisobvaraqlariga bevosita kirish va boshqarish
• Turli banklarda ochilgan hisobvaraqlarni boshqarish uchun yagona foydalanuvchi interfeysi
• Dasturlar o'rtasida to'lov hujjatlari ma'lumotlarini o'tkazish jarayonini optimallashtirish, vaqtni tejash va operatsion xatolarni bartaraf etish
• Bank bilan ma'lumot almashishning yuqori tezligi, ma'lumotlarni onlayn rejimda yangilash
• Xizmat bepul
Servisni sozlash
Xizmatdan foydalanish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi. «1C» dasturining «Bank va kassa» hujjatlar bo'limida «Dibank» tugmasi mavjud bo'lib, uni bosgandan so'ng tizim elektron to'lov hujjatlarini imzolash va bankka yuborish, ko'chirmalar va hisobvaraq to'g'risida ma'lumot olish imkonini beradi.
Xizmat hisobvarag'ingizga pul mablag'larining kelib tushishi va hisobdan chiqarilishi to'g'risida tezkor ma'lumot olish imkonini beradi. Amalga oshirilgan operatsiyalar haqidagi ma'lumotlar mobil telefon raqamingizga SMS-xabarnoma ko'rinishida yuboriladi.
Xizmatning asosiy afzalliklari
• Hisobvaraqni doimiy nazorat qilish
• Foydalanishda qulaylik va soddalik
• Tizimning har bir foydalanuvchisi uchun individual sozlash, SMS-xabarnoma
• Siz 3 tagacha mobil telefon raqamini ulashingiz mumkin
• SMS qabul qilish funksiyasiga ega bo'lgan har qanday qurilmada mavjud
• Xizmat O'zbekistonning barcha mobil aloqa operatorlari bilan ishlaydi
Xizmatni qanday ulash mumkin
• Ulash uchun arizani to'ldiring, rahbar va bosh buxgalter tomonidan tasdiqlatib, muhr bosing
• Arizani Ipoteka-bankka taqdim eting va SMS-xabarnoma tizimiga ulanish bo'yicha shartnomani oling
• Xizmat 3 bank ish kuni ichida ulanadi
SMS-ni qanday yuborish kerak
Sorovning asosiy formati qisqa so'rovdir. Undan foydalanganingizda, o'zingizni qiziqtirgan parametrlarining joriy holati haqida ma'lumot olasiz.

Qisqa so'rovlar:
• 1?1 — Hisobvaraq holati
• 2?1 — Kirim bo'yicha o'tkazilgan hujjatlar soni
• 3?1 — Oxirgi o'tkazilgan hujjatlar
Xizmatni to'liq yoki vaqtincha o'chirish uchun
• Xizmatni o'chirish uchun arizani to'ldiring
• Arizani rahbar va bosh buxgalter tomonidan tasdiqlatib, muhr bosing
• Arizani Ipoteka-bank filialiga taqdim eting

Xizmat bank tomonidan uch bank ish kuni ichida o'chiriladi
Ma’lumotlaringizning ishonchli himoyasi
Internet bank zamonaviy shifrlash texnologiyalari va ko‘p bosqichli autentifikatsiyani qo‘llash orqali yuqori darajadagi xavfsizlikni ta’minlaydi. Bu mijozlarning moliyaviy ma’lumotlarini ruxsatsiz kirishdan himoya qilishga yordam beradi
Ma’lumotlaringizning ishonchli himoyasi

Raqamli bankingni bepul ulang

Yordam kerakmi? Korporativ mijozlar uchun qo‘llab-quvvatlash xizmatimizga qo‘ng‘iroq qiling