Mikroqarz shartlari
Ipoteka bank bankomatlarida
Ipoteka bank ofislarida
Hujjatlar
www.ipotekabank.uz
Tel:(78) 150-11-22,
Aloqa markazi:1233
Siz kreditning shartlari va qiymati to‘g‘risida, to‘lovlar va hisob-kitoblar tartibi to‘g‘risida (foizlar, jarima va penyalar), kredit shartnomasi bo‘yicha Sizning huquqlaringiz va majburiyatlaringiz to‘g‘risida, kredit shartnomasi bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar va javobgarliklar to‘g‘risida, shuningdek Sizga tushunarsiz bo‘lgan boshqa masalalar yuzasidan bankdan to‘liq va batafsil ma’lumot olishga haqlisiz.
Agar Sizda shikoyatlar mavjud bo‘lsa, u holda Siz murojaatingizni +998 (78) 150-11-22 (yoki 1233 qisqa) raqamli telefonga yoki Toshkent shahar, Shaxrisabz ko‘chasi, 30-uy manzilga yoki info@ipotekabank.uz elektron manzilga jo‘natishingiz mumkin.
Tez-tez beriladigan savollar (FAQ)
Ipoteka Mobile ilovasini oching → “Onlayn mikroqarz” bo‘limini tanlang → skoringdan o‘ting → oferta shartlari bilan tanishing → rasmiylashtirishni tasdiqlang.
Skoringdan so‘ng mijozga tasdiqlangan limit doirasida mavjud summa ko‘rsatiladi — uni tasdiqlangan limit chegarasida tanlash mumkin.
Agar to‘lov sanasi bankning ish kuniga to‘g‘ri kelmasa, to‘lov keyingi bank ish kunida amalga oshiriladi.
Agar mablag‘ berilishini tasdiqlagan bo‘lsangiz va pul hisobingizga o‘tkazilgan bo‘lsa, mikroqarz berilgan deb hisoblanadi — foizlar keyingi kundan boshlab hisoblanadi.
Mablag‘ o‘tkazilgandan so‘ng bekor qilish mumkin emas — majburiyatlar faqat qarzdorlik to‘liq so‘ndirilgandan keyingina tugatiladi.
Mikrokredit — turli kredit mahsulotlarini (jumladan, biznes uchun) o‘z ichiga oluvchi umumiy atama bo‘lib, rasmiylashtirish shartlari turlicha bo‘lishi mumkin.