"Ipoteka-bank" ATIB Ish haqi loyihalarining VIP kartalari Uzcard uchun naqd pul yechib olish boʻyicha limit

Hurmatli mijozlar!

2026-yil 29 aprel sanasida avval xabar berganimizdek, Ipoteka-bank OTP Group tomonidan 2026-yil 11-maydan boshlab ish haqi loyihasi doirasidagi VIP Uzcard kartalari uchun naqd pul yechish bo‘yicha oyiga 50 mln so‘m miqdorida limit joriy etilgan edi.

Ma’lum qilamizki, ushbu limit bankning amaldagi tariflariga muvaffaqiyatli tatbiq etildi va hozirda qo‘llanilmoqda. Mazkur o‘zgarish naqd pul aylanmasini optimallashtirish maqsadida amalga oshirilgan.

Savollaringiz yuzaga kelgan taqdirda, (78) 150-89-13 raqamli kontakt-markazga yoki bank filiallariga murojaat qilishingiz mumkin — sizga yordam berishdan mamnunmiz.


Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg