Hurmatli mijozlar!
Sizga mamnuniyat bilan ma’lum qilamizki, Markaziy bank UzQR foydalanuvchilari uchun tizimdan foydalanishni yanada qulaylashtiruvchi yangi xizmatlarni ishga tushirdi.
UzQR Shaxsiy kabineti https://uzqr.uz — QR-kodlarni mustaqil ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqarish, tranzaksiyalarni real vaqt rejimida kuzatish, API yaratish hamda xizmatning boshqa imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beruvchi veb-platforma.
Yagona koll-markaz 1835 — UzQR’dan foydalanish bilan bog‘liq barcha savollar bo‘yicha maslahat va yordam ko‘rsatuvchi qo‘llab-quvvatlash xizmati.