“Ipoteka-bank” ATIB ustav kapitali 122,4 mlrd. so‘mga oshirildi.

2021 yil 28 iyulda 122,4 mlrd. so‘m miqdoridagi “Ipoteka-bank” ATIB aktsiyalarining 20-chi qo‘shimcha chiqarilishi to‘liq joylashtirildi va natijada bankning ustav kapitali 2 992,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Aktsiyalarning qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi qaror 2021 yil 12 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan P0775-20-son raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Aktsiyalarning qo‘shimcha chiqarilishi shartlariga muvofiq, aktsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga joylashtirildi.


Ilovani yuklab oling

Ish haqi loyihasi va "Ipoteka-bank"ning boshqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga bir necha soniyada ega bo'ling

Ipoteka Retail ilovasini yuklab oling