Karyera

Sizning karyerangiz




Bankimiz mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab olgan filial va bo‘linmalarning keng tarmog‘i orqali keng ko‘lamli bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi O‘zbekiston bank sektori orasida to‘rtinchi yirik bank hisoblanadi.



“Ipoteka-bank”ATIB AQShning “JPMorgan Chase” banki tomonidan 2020 yilda AQSh dollari darajasi 99,36% bo‘lgan MT103 (SWIFT to‘lov xabarlariga ko‘ra) to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlov berish mahoratini tan olinganligi uchun yuqori sifatli kliringni e’tirof etilishi bo‘yicha mukofot bilan taqdirlandi.



    «Fitch Ratings» xalqaro reyting agentligi «Ipoteka-bank» ATIBning «xorijiy va milliy valyutalardagi uzoq muddatli emitent defolt reytingini (IDR) «VV-» darajasida tasdiqladi. Reytinglar istiqboli «barqaror».



«Moody’s» xalqaro reyting agentligi Ipoteka-bankning uzoq muddatli xorijiy va milliy valyutadagi depozit reytinglarini e’lon qildi. Hisobotga ko‘ra, tijorat banklari orasida «Ipoteka-bank» aktsiyadorlik tijorat ipoteka bankining kredit reytingi “V1/V1” darajada saqlab qolingan holda, reyting istiqboli “barqaror”dan “ijobiy”ga oshirildi.



Xabaringiz bor, Prezidentimiz tashabbuslari bilan mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “EL-YuRT UMIDI” jamg‘armasi tashkil etilgan. Jamg‘arma tomonidan 2021-2022 o‘quv yili uchun eng nufuzli xorijiy davlatlarda tahsil olish bo‘yicha o‘tkazilgan stipendiya tanlovlarida Ipoteka–bankning ikki nafar xodimi stipendiatlar qatoridan joy oldilar. Endilikda ular Buyuk Britaniyaning nufuzli universitetlarida ta’lim oladi.




On-line maslahatchi
Qo'ng'iroqni buyurtma qilish