Tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini moliyaviy qoʼllab-quvvatlash, ularga taqdim etilayotgan kredit turlarini koʼpaytirish, shuningdek istiqbolli investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun bankimiz tomonidan bir nechta xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning kredit liniyalari jalb qilingan. Quyida ushbu kredit liniyalari bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
Kredit ajratish manbayi |
Yaponiya xalqapo hamkorlik agentligi mablag‘lari hisobidan |
Kredit maqsadi |
Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish maqsadida aylanma mablag‘larni to‘ldirish va asosiy vositalar sotib olish |
Kredit maksimal summasi |
- Asosiy vositalar sotib olish uchun kredit maksimal summasi bir qarzdorga 3000 000 AQSh dollarigacha yoki so‘m ekvivalentida; - Kredit oluvchilarga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kreditni summasi subloyiha umumiy miqdorining 20 foizidan oshmasligi kerak |
Valyuta |
AQSH dollari yoki Milliy valyutada |
Kredit foizi yillik |
- Xorijiy valyutada 9% (4% JICA marjasi + 1% O‘zbekiston Respublikasining marjasi + 4% Ipotekabank marjasi), milliy valyutada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy foiz stavkasi + 5% Ipoteka-bank marjasi); |
Kredit muddati |
Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 24 oygacha, asosiy vositalar sotib olish uchun 10 yilgacha |
Kredit ajratilish shakli |
Pul o‘tkazish yo‘li orqali |
Kreditni qaytarish tartibi |
Loyihadan kelib chiqib imtiyozli davrni aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 12 oygacha, asosiy vositalar sotib olish uchun 60 oygacha belgilanishi mumkin. Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun: foiz to‘lovi – har oyda, asosiy qarz to‘lovi – imtiyozli davr tugagandan so‘ng kredit qolgan muddatiga teng taqsimlangan miqdorlarga bo‘linadi. Asosiy vositalar sotib olish uchun: foiz va asosiy qarz to‘lovi – bir yilda ikki marotaba 10 iyun va 10 dekabr kunlari to‘lanadi (asosiy qarz to‘lovi imtiyozli davrni inobatga olgan holda kredit muddatiga teng taqsimlangan miqdorlarga bo‘linishi lozim) |
Qo‘shimcha shartlar |
Investitsiya loyihalarini kreditlashda ushbu loyiha tashabbuskorining shaxsiy mablag‘i hisobidan loyiha qiymatining 30 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda qatnashgan taqdirda amalga oshiriladi; Loyihada mijozning o‘z ulushi 30% pul ko‘rinishidagi ishtiroki talab etilmaydi |
Kredit ta’minoti |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomida ko‘rsatilgan ta’minot turlari |
Kredit ajratish manbasi |
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan |
Kredit maqsadi |
- 8393-UZ-sonli bitim bo’yicha O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik sohasini rivojlantirish maqsadida aylanma mablag‘larni to‘ldirish, asosiy vositalar sotib olish hamda moliyaviy lizing uchun; - 8824-UZ-sonli bitim bo’yicha qo‘shimcha loyihalarni moliyalashtirish doirasida O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik sohasini rivojlantirish maqsadida aylanma mablag‘larni to‘ldirish, asosiy vositalar sotib olish hamda moliyaviy lizing uchun; - 8938-UZ-sonli bitim bo’yicha Farg‘ona vodiysida (Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida joylashgan loyihalar uchun) qishloq tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida aylanma mablag‘larni to‘ldirish va asosiy vositalar sotib olish hamda moliyaviy lizing uchun (shu jumladan, baliqchilik faoliyati); - 9052-UZ-sonli bitim bo’yicha meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qiymat zanjiriga investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida aylanma mablag‘larni to‘ldirish va asosiy vositalar sotib olish uchun |
Kredit maksimal summasi |
- 8393-UZ-sonli bitim bo’yicha asosiy vositalar sotib olish uchun kredit maksimal summasi bir qarzdorga 2 000 000 AQSH dollarigacha yoki so‘m ekvivalentida, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kredit maksimal summasi bir qarzdorga 200 000 AQSH dollarigacha yoki so‘m ekvivalentida; - 8824-UZ-sonli bitim bo’yicha asosiy vositalar sotib olish uchun kredit maksimal summasi bir qarzdorga 2000000 AQSH dollarigacha, qiymat zanjirini moliyalashtirish holatlarida (ishlab chiqarish, qayta ishlash, savdo/eksport) 4000 000 AQSH dollarigacha, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kredit maksimal summasi bir qarzdorga 200 000 AQSH dollarigacha; - 8938-UZ-sonli bitim bo’yicha asosiy vositalar sotib olish uchun kredit maksimal summasi bir qarzdorga 125 000 AQSH dollarigacha yoki so‘m ekvivalentida, klaster faoliyati uchun 2000000 AQSH dollarigacha yoki so‘m ekvivalentida, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kredit maksimal summasi bir qarzdorga 200 000 AQSH dollarigacha yoki so‘m ekvivalentida; - 9052-UZ-sonli bitim bo’yicha bir qarzdorga 500 000 AQSH dollarigacha yoki so‘m ekvivalentida, agrosanoat klasterlari uchun 2000 000 AQSH dollarigacha yoki so‘m ekvivalentida |
Valyuta |
AQSH dollari yoki Milliy valyutada. 8824-UZ-sonli bitim bo’yicha faqat AQSH dollarida |
Kredit foizi yillik |
- 8393-UZ-sonli bitim bo‘yicha AQSH dollarida 7% (3% MBRR marjasi + 4% Ipoteka-bank marjasi), milliy valyutada 19,5%; - 8824-UZ-sonli bitim bo‘yicha AQSH dollarida 6 oylik Libor/Sofr + o‘zgaruvchan Spread MBRR +0,2% O‘zbekiston Respublikasi marjasi + 3,5% Ipoteka-bank marjasi; - 8938-UZ-sonli bitim bo‘yicha AQSH dollarida 6 oylik Libor/Sofr + belgilangan Spread MBRR +1% Moliya vazirligi marjasi + 3,5% Ipoteka-bank marjasi, milliy valyutada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy foiz stavkasi + 5% Ipoteka-bank marjasi; - 9052-UZ-sonli bitim bo‘yicha AQSH dollarida 6 oylik Sofr/Libor + o‘zgaruvchan Spread + O‘zbekiston Respublikasining 1% ustamasi + 3,5% Ipoteka-bank marjasi, milliy valyutada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy foiz stavkasi + 5% Ipoteka-bank marjasi). |
Kredit muddati |
Asosiy vositalar sotib olish uchun 10 yilgacha, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 18 oygacha. - 8393-UZ-sonli bitim bo’yicha kreditning oxirgi muddati 2036 yil 14 yanvargacha; - 8824-UZ-sonli bitim bo’yicha kreditning oxirgi muddati 2042 yil 05 sentyabrgacha; - 8938-UZ-sonli bitim bo’yicha kreditning oxirgi muddati 2042 yil 05 oktyabrgacha; - 9052-UZ-sonli bitim bo’yicha kreditning oxirgi muddati 2031 yil 30 iyungacha; |
Kredit ajratilish shakli |
Pul o‘tkazish yo‘li orqali |
Kreditni qaytarish tartibi |
Loyihadan kelib chiqib, imtiyozli davr aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 9 oygacha, asosiy vositalar sotib olish uchun 36 oygacha belgilanishi mumkin. Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun: foiz to‘lovi – har oyda, asosiy qarz to‘lovi – imtiyozli davr tugagandan so‘ng kredit qolgan muddatiga teng taqsimlangan miqdorlarga bo‘linadi. Asosiy vositalar sotib olish uchun: foiz va asosiy qarz to‘lovi – bir yilda ikki marotaba to‘lanadi. (asosiy qarz to‘lovi imtiyozli davrni inobatga olgan holda kredit muddatiga teng taqsimlangan miqdorlarga bo‘linishi lozim) 8393/8824-UZ-sonli bitimlar bo’yicha 5 mart va 5 sentyabr kunlari, 8938-UZ-sonli bitim bo’yicha 5 aprel va 5 oktyabr kunlari, 9052-UZ-sonli bitim bo’yicha 5 iyun va 5 dekabr kunlari to‘lanadi |
Kredit ta’minoti |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomida ko‘rsatilgan ta’minot turlari |
Qo‘shimcha shartlar |
Investitsiya loyihalarini kreditlashda ushbu loyiha tashabbuskorining shaxsiy mablag‘i hisobidan loyiha qiymatining 30 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda qatnashgan taqdirda amalga oshiriladi. Loyihada mijozning o‘z ulushi 30% pul ko‘rinishidagi ishtiroki talab etilmaydi. 9052-UZ-sonli bitim bo’yicha sub loyihalarni moliyalashtirishi uchun subkredit oluvchilarga quyidagi shartlarda beriladi: (a) meva-sabzavot sohasidagi qishloq xo‘jaligi kooperativlari va kooperatsiyalarining moliyaviy xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirgan holda, infratuzilma, asbob-uskunalar va ularning boshqa birgalikdagi faoliyatlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Maqbul investitsiyalar birinchi navbatda quyidagilarni o‘z ichiga oladi: intensiv bog‘lar, tejamkor sug‘orish tizimlari, quyoshdan suv isitish tizimlari va suv ko‘targichlar, ekologik xavfsiz suv saqlash texnologiyasi va mexanizatsiyalashni joriy etish, meva-sabzavotchilik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash, meva-sabzavotchilik mahsulotlari qadoqlash tara ishlab chiqarish, avtorefrijiratorlar sotib olish va boshqa investitsiyalar; (b) meva-sabzavot soxasidagi Agrosanoat klasterlari va samarali hamkorlik uchun moliyaviy xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Maqbul investitsiyalar birinchi navbatda quyidagilarni o‘z ichiga oladi: intensiv bog‘lar, energiya tejaydigan sug‘orish tizimlari, quyoshdan suv isitish tizimlari va suv ko‘targichlar, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash, meva-sabzavotchilik mahsulotlari qadoqlash tara ishlab chiqarish, avtorefrijiratorlar sotib olish, o‘zgaruvchan iqlimga chidamkor infratuzilma va qo‘shilgan qiymat zanjirini moliyalashtirishni (etkazib berish zanjiridagi korxonalar doirasida aylanma mablag‘larni moliyalashtirish), bir yillik paxta va g‘alla еtishtiriladigan ba’zi еrlar o‘rniga ko‘p yillik intensiv bog‘lar va uzumzorlar yaratish va boshqa investitsiyalar uchun. Quyidagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor sub’ektlarining loyihalari moliyalashtirilmaydi: majburiy еr ajratish yoki aholini bir joydan ikkinchi joyga majburiy ko‘chirish, shaxsiy mol-mulk yoki daromad yo‘qotishga olib keladigan har kanday subloyiha, paxta ishlab chiqarish bilan bog‘liq har qanday subloyiha |
Kredit ajratish manbayi |
Koreya Eksim banki mablag‘lari hisobidan |
Kredit maqsadi |
Janubiy Koreya davlatida ishlab chiqarilgan asosiy vositalar va xom-ashyolar sotib olish uchun |
Kredit maksimal summasi |
Loyihadan kelib qiqib belgilanadi |
Valyuta |
AQSH dollarida |
Kredit foizi yillik |
Xorijiy moliya instituti marjasi* + kamida 3% Ipoteka bank marjasi |
Kredit muddati |
Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 24 oygacha, asosiy vositalar sotib olish uchun 48 oygacha |
Resurs jalb qilish xarajatini qoplash |
Individual* |
Kredit ajratilish shakli |
Pul o‘tkazish yo‘li orqali |
Kreditni qaytarish tartibi |
Loyihadan kelib chiqib imtiyozli davrni aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 6 oygacha, asosiy vositalar sotib olish uchun 12 oygacha belgilanishi mumkin. Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun: foiz to‘lovi – har oyda, asosiy qarz to‘lovi – imtiyozli davr tugagandan so‘ng kredit qolgan muddatiga teng taqsimlangan miqdorlarga bo‘linadi. Asosiy vositalar sotib olish uchun: foiz va asosiy qarz to‘lovi – bir yilda ikki marotaba to‘lanadi (asosiy qarz to‘lovi imtiyozli davrni inobatga olgan holda kredit muddatiga teng taqsimlangan miqdorlarga bo‘linishi lozim) |
Qo‘shimcha shartlar |
Investitsiya loyihalarini kreditlashda ushbu loyiha tashabbuskorining shaxsiy mablag‘i hisobidan loyiha qiymatining 30 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda qatnashgan taqdirda amalga oshiriladi. Loyihada mijozning o‘z ulushi 30% pul ko‘rinishidagi ishtiroki talab etilmaydi |
Kredit ta’minoti |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomida ko‘rsatilgan ta’minot turlari |
*Koreya Eksimbanki tomonidan loyiha ko‘rib chiqilib, har bir loyiha bo‘yicha individual belgilanadi.
Kredit ajratish manbayi |
Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi banki mablag‘lari hisobidan |
Kredit maqsadi |
- 5152-UZ-sonli bitim bo’yicha Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida aylanma mablag‘larni to‘ldirish va asosiy vositalar sotib olish hamda moliyaviy lizing uchun; - 5741-UZ-sonli bitim bo’yicha Orol dengizi havzasi uchun iqlim o‘zgarishiga moslashish va ularning oqibatlarini yumshatish dasturi doirasida (faqat Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi); - 6110-UZ-sonli bitim bo’yicha O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik hamda baliqchilik sohalarini rivojlantirish maqsadida aylanma mablag‘larni to‘ldirish va asosiy vositalar sotib olish hamda moliyaviy lizing uchun |
Kredit maksimal summasi |
- 5152-UZ-sonli bitim bo’yicha asosiy vositalar sotib olish uchun kredit maksimal summasi bir qarzdorga 500 000 AQSH dollarigacha (omborhona yoki muzlatgich ombori uchun 1000000 AQSH dollarigacha) yoki so‘m ekvivalentida, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kredit maksimal summasi bir qarzdorga 50 000 AQSH dollarigacha yoki so‘m ekvivalentida; - 5741-UZ-sonli bitim bo’yicha asosiy vositalar sotib olish uchun kredit maksimal summasi bir qarzdorga 500 000 AQSH dollarigacha, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kredit maksimal summasi bir qarzdorga 50 000 AQSH dollarigacha; - 6110-UZ-sonli bitim bo’yicha asosiy vositalar sotib olish uchun kredit maksimal summasi bir qarzdorga 2 000 000 AQSH dollarigacha, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kredit maksimal summasi bir qarzdorga 150 000 AQSH dollarigacha |
Valyuta |
AQSH dollari yoki Milliy valyutada |
Kredit foizi yillik |
- 5152-UZ-sonli bitim bo‘yicha AQSH dollarida 7,5% (4% MAR marjasi + 3,5% Ipoteka-bank marjasi), milliy valyutada 19,5%; - 6110-UZ-sonli bitim bo‘yicha AQSH dollarida 7,5% (4,3% MAR marjasi + 3,2% Ipoteka-bank marjasi) |
Kredit muddati |
- 5152-UZ-sonli bitimlar bo’yicha aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 18 oygacha, asosiy vositalar sotib olish uchun 10 yilgacha (kreditning oxirgi muddati 2034 yil 23 iyungacha); - 6110-UZ-sonli bitimlar bo’yicha aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 18 oygacha, asosiy vositalar sotib olish uchun 10 yilgacha (kreditning oxirgi muddati 2038 yil 18 fevralgacha); - 5741-UZ-sonli bitim bo’yicha aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 24 oygacha, asosiy vositalar sotib olish uchun 84 oygacha (kreditning oxirgi muddati 2037 yil 18 aprelgacha) |
Kredit ajratilish shakli |
Pul o‘tkazish yo‘li orqali |
Kreditni qaytarish tartibi |
- 5152/6110-UZ-sonli bitimlar bo’yicha loyihadan kelib chiqib imtiyozli davrni aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 9 oygacha, asosiy vositalar sotib olish uchun 36 oygacha belgilanishi mumkin; - 5741-UZ-sonli bitim bo’yicha loyihadan kelib chiqib imtiyozli davrni aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 6 oygacha, asosiy vositalar sotib olish uchun 36 oygacha belgilanishi mumkin. Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun: foiz to‘lovi – har oyda, asosiy qarz to‘lovi – imtiyozli davr tugagandan so‘ng kredit qolgan muddatiga teng taqsimlangan miqdorlarga bo‘linadi. Asosiy vositalar sotib olish uchun: foiz va asosiy qarz to‘lovi – bir yilda ikki marotaba to‘lanadi. (asosiy qarz to‘lovi imtiyozli davrni inobatga olgan holda kredit muddatiga teng taqsimlangan miqdorlarga bo‘linishi lozim) 5152/5741-UZ-sonli bitimlar bo’yicha 5 mart va 5 sentyabr kunlari, 6110-UZ-sonli bitim bo’yicha 5 may va 5 noyabr kunlari to‘lanadi |
Kredit ta’minoti |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomida ko‘rsatilgan ta’minot turlari |
Qo‘shimcha shartlar |
Investitsiya loyihalarini kreditlashda ushbu loyiha tashabbuskorining shaxsiy mablag‘i hisobidan loyiha qiymatining 30 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda qatnashgan taqdirda amalga oshiriladi. Loyihada mijozning o‘z ulushi 30% pul ko‘rinishidagi ishtiroki talab etilmaydi |
Kredit ajratish manbasi |
Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan |
Kredit maqsadi |
- 3471-sonli bitim bo’yicha investitsiya maqsadlar uchun (asosiy vositalar sotib olish) bog‘dorchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni rivojlantirish; - 3673-sonli bitim bo’yicha investitsiya maqsadlar uchun (asosiy vositalar sotib olish) bog‘dorchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni rivojlantirish (qo‘shimcha moliyalashtirish); - L3823-sonli bitim bo’yicha investitsiya maqsadlar uchun chorvachilik hamda baliqchilik sohalarida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni rivojlantirish |
Kredit maksimal summasi |
- 3471/3673-sonli bitimlar bo’yicha kredit maksimal summasi bir qarzdorga 5 000000 AQSH dollarigacha; - L3823-sonli bitim bo’yicha kredit maksimal summasi bir qarzdorga 5 000000 AQSH dollari ekvivalentidan oshmasligi lozim |
Valyuta |
- 3471/3673-sonli bitimlar bo’yicha AQSH dollarida; - L3823-sonli bitim bo’yicha milliy valyutada (ajratilgan milliy valyutani mijozning talabiga ko‘ra AQSH dollariga konvertatsiya qilinishi mumkin) |
Kredit foizi yillik |
- 3471/3673-sonli bitimlar bo‘yicha AQSH dollarida 6% (3% ABR marjasi + 3% Ipoteka-bank marjasi); - L3823-sonli bitim bo‘yicha milliy valyutada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy foiz stavkasi + 5% Ipoteka-bank marjasi. |
Kredit muddati |
- 3471-sonli bitimlar bo’yicha 10 yilgacha (kreditning oxirgi muddati 2037 yil 04 aprelgacha); - 3673-sonli bitimlar bo’yicha 10 yilgacha (kreditning oxirgi muddati 2038 yil 01 dekabrgacha); - L3823-sonli bitim bo’yicha 8 yilgacha (kreditning oxirgi muddati 2030 yil 05 iyungacha) |
Kredit ajratilish shakli |
Pul o‘tkazish yo‘li orqali. L3823-sonli bitim bo’yicha kredit mablag‘i faqatgina OTBga a’zo davlatlarga chiqariladi |
Kreditni qaytarish tartibi |
Loyihadan kelib chiqib imtiyozli davrni 36 oygacha belgilanishi mumkin. Foiz va asosiy qarz to‘lovi – bir yilda ikki marotaba to‘lanadi. (asosiy qarz to‘lovi imtiyozli davrni inobatga olgan holda kredit muddatiga teng taqsimlangan miqdorlarga bo‘linishi lozim) 3471-sonli bitim bo’yicha 5 may va 5 noyabr kunlari, 3673/ L3823-sonli bitimlar bo’yicha 5 iyun va 5 dekabr kunlari to‘lanadi |
Kredit ta’minoti |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomida ko‘rsatilgan ta’minot turlari |
Qo‘shimcha shartlar |
Investitsiya loyihalarini kreditlashda ushbu loyiha tashabbuskorining shaxsiy mablag‘i hisobidan loyiha qiymatining 30 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda qatnashgan taqdirda amalga oshiriladi. Loyihada mijozning o‘z ulushi 30% pul ko‘rinishidagi ishtiroki talab etilmaydi |
Kredit ajratish manbasi |
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan. 20000002138-sonli bitim asosida Farg‘ona vodiysi uchun |
Kredit maqsadi |
a) L-I-869-UZ-sonli bitim bo’yicha O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash; b) 20000002138-sonli bitim bo’yicha 3000000 AQSH dollari qishloq xo‘jaligi sohasida aylanma mablag‘larni to‘ldirish va asosiy vositalar sotib olish uchun, shu jumladan, 2 500 000 AQSH dollari qishloq ho‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish, 500000 AQSH dollari yoshlar tadbirkorligi uchun (shu jumladan, baliqchilik faoliyati uchun) |
Kredit maksimal summasi |
a) L-I-869-UZ-sonli bitim bo’yicha: - Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash uchun kredit liniyasi: qo‘shilgan qiymatga ega meva-sabzovot mahsulotlari sohasida ishlayotgan yuridik shaxslar, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi firmalariga kreditlar bir qarzdorga 500000 AQSH dollarigacha yoki so‘m ekvivalentida; - Fermerlar uchun kredit liniyasi: 6 gektardan kam maydonda meva-sabzavot yetishtiruvchi fermerlar, shuningdek, qo‘shimcha qiymatga ega bog‘dorchilik mahsulotlari, jumladan, mahsulotni saqlash, qayta ishlash, qadoqlash, tarqatish sohasida faoliyat yurituvchi kichik tashkilotlarga kreditlar bir qarzdorga 100000 AQSH dollarigacha yoki so‘m ekvivalentida; - Kichik ishlab chiqaruvchilar uchun kredit liniyasi: 2 gektardan kam maydonlarda ekinlarni yetishtiruvchi kichik ishlab chiqaruvchilar, shu jumladan, dehqon xo‘jaliklari va kichik korxonalarga kreditlar bir qarzdorga 20000 AQSH dollarigacha yoki so‘m ekvivalentida. b) 20000002138-sonli bitim bo’yicha: - Qishloq ho‘jaligi sohasida aylanma mablag‘larni to‘ldirish va asosiy vositalar sotib olish uchun kreditlar 10000 – 500000 AQSH dollarigacha yoki so‘m ekvivalentda ajratiladi. Ushbu kichik komponent bo‘yicha qarz oluvchilarning 30% ayollar bo‘lishi kerak; - Yoshlar tadbirkorligi qishloq ho‘jaligining barcha kichik tarmoqlari uchun 5000 – 50000 AQSH dollarigacha yoki so‘m ekvivalentda ajratiladi |
Valyuta |
AQSH dollari yoki Milliy valyutada |
Kredit foizi yillik |
- L-I-869-UZ-sonli bitim bo‘yicha AQSH dollarida 6,5% (2,5% MFSR marjasi + 4% Ipoteka-bank marjasi), milliy valyutada 19%; - 20000002138-sonli bitim bo‘yicha AQSH dollarida 6,5% (3,5% MFSR marjasi + 3% Ipoteka-bank marjasi), milliy valyutada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy foiz stavkasi + 5% Ipoteka-bank marjasi). |
Kredit muddati |
Loyihasidan kelib chiqib 10 yilgacha. L-I-869-UZ-sonli bitim bo’yicha kreditning oxirgi muddati 2034 yil 26 iyungacha, 20000002138-sonli bitim bo’yicha kreditning oxirgi muddati 2034 yil 05 sentyabrgacha |
Kredit ajratilish shakli |
Pul o‘tkazish yo‘li orqali |
Kreditni qaytarish tartibi |
Imtiyozli davr 36 oygacha belgilanishi mumkin. L-I-869-UZ-sonli bitim bo’yicha asosiy vositalar sotib olish uchun: foiz va asosiy qarz to‘lovi – bir yilda ikki marotaba 5 mart va 5 sentyabr kunlari, 20000002138-sonli bitim bo’yicha aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun: foiz to‘lovi – har oyda, asosiy qarz to‘lovi – imtiyozli davr tugagandan so‘ng kredit qolgan muddatiga teng taqsimlangan miqdorlarga bo‘linadi. Asosiy vositalar sotib olish uchun: foiz va asosiy qarz to‘lovi – bir yilda ikki marotaba 5 iyun va 5 dekabr kunlari to‘lanadi. (asosiy qarz to‘lovi imtiyozli davrni inobatga olgan holda kredit muddatiga teng taqsimlangan miqdorlarga bo‘linishi lozim) |
Kredit ta’minoti |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomida ko‘rsatilgan ta’minot turlari |
Qo‘shimcha shartlar |
Investitsiya loyihalarini kreditlashda ushbu loyiha tashabbuskorining shaxsiy mablag‘i hisobidan loyiha qiymatining 30 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda qatnashgan taqdirda amalga oshiriladi. Loyihada mijozning o‘z ulushi 30% pul ko‘rinishidagi ishtiroki talab etilmaydi. 20000002138-sonli bitim bo’yicha paxta va g‘alla еtishtirish uchun kredit mablag‘i ajratilmaydi |
Kredit ajratish manbayi |
Evropa tiklanish va taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan |
Kredit maqsadi |
Aylanma mablag‘ni to‘ldirish maqsadida tayyor mahsulot va xom-ashyolar sotib olish uchun |
Kredit maksimal summasi |
50,0 ming AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda |
Valyuta |
AQSh dollari/Evro |
Kredit foizi yillik |
Xorijiy moliya instituti marjasi* + kamida 6% Ipoteka bank marjasi** |
Kredit muddati |
12 oygacha (oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish uchun 3 oydan 6 oygacha) |
Kredit ajratilish shakli |
Pul o‘tkazish yo‘li orqali |
Kreditni qaytarish tartibi |
Foiz va asosiy qarz to‘lovi – har chorakda 3,6,9,12 oylari qaytariladi |
Qo‘shimcha shartlar |
Kredit mablag‘i YeTTB qamrovidagi davlatlarga chiqarilishi lozim. Import shartnomasi bevosita ishlab chiqaruvchilar bilan tuzilishi kerak (vositachi korxonalar, dillerlar hamda ofshor hududdagi korxonalar bilan shartnomalar qabul qilinmaydi). YeTTBning ekologik va ijtimoiy taqiqlar ro‘yxatiga kiritilgan hamda O‘zbekistonda еtishtirilgan paxtani ishlab chiqarish, sotish yoki qayta ishlash bilan bog‘liq har qanday faoliyatlar uchun kredit mablag‘lari ajratilmaydi |
Kredit ta’minoti |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomida ko‘rsatilgan ta’minot turlari |
Mahsulot nomi |
KDB Bank O‘zbekiston liniyasi |
Kredit ajratish manbayi |
KDB Bank O‘zbekiston AJ mablag‘lari hisobidan |
Kredit maqsadi |
Import kontraktlarini moliyalashtirishga (asosiy vositalar sotib olish va aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun) |
Kredit maksimal summasi |
Aylanma mablag‘larni to‘ldirish hamda asosiy vositalar sotib olish uchun 1 mln. AQSh dollarigacha* |
Valyuta |
AQSh dollarida |
Kredit foizi yillik |
- Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun (12 oygacha) – 3 oylik Sofr stavka + 4,25% KDB bank O‘zbekiston AJ marjasi + kamida 4,5% Ipoteka-bank marjasi;
- Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun (13-24 oygacha) – 3 oylik Sofr stavka + 4,25% KDB bank O‘zbekiston AJ marjasi + kamida 5% Ipoteka-bank marjasi;
- Asosiy vositalar sotib olish uchun (36 oygacha)– 3 oylik Sofr stavka + 4,25% KDB bank O‘zbekiston AJ marjasi + kamida 5% Ipoteka-bank marjasi;
- Asosiy vositalar sotib olish uchun (37-48 oygacha) – 3 oylik Sofr stavka + 4,25% KDB bank O‘zbekiston AJ marjasi + kamida 5,5% Ipoteka-bank marjasi;
Kredit foizi Sofr stavka o‘zgarishiga qarab o‘zgarib boradi. Ammo Ipoteka-bank marjasi o‘zgarmaydi. |
Kredit muddati |
Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 24 oygacha, asosiy vositalar sotib olish uchun 48 oygacha |
Kredit ajratilish shakli |
Pul o‘tkazish yo‘li orqali |
Kreditni qaytarish tartibi |
Loyihadan kelib chiqib, imtiyozli davrni aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun Asosiy vositalar sotib olish va aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun: foiz to‘lovi – har oyda, asosiy qarz to‘lovi – imtiyozli davr tugagandan so‘ng kredit qolgan muddatiga taqsimlangan miqdorlarda bo‘linadi. (mavsumiy xarakterga ega loyihalar alohida ko‘rib chiqilishi mumkin) Kredit qaytarish grafigi mijoz hohishiga ko‘ra annuitet yoki kamayib boruvchi usulda hisoblanadi. Kreditning foiz va asosiy qarz to‘lovi oyning 10 sanasigacha belgilanishi lozim. |
Qo‘shimcha shartlar |
Mijoz Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab kamida 12 oy faoliyat yuritayotgan bo‘lishi lozim. Mazkur kredit mahsuloti Mid-corporate va Corporate segmentiga mansub bo‘lgan mijozlarga qo‘llaniladi. Har bir kredit loyihasi Kredit qo'mitada ko'rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Ushbu kredit mahsulotidan foydalanuvchi mijozlarning AQSH dollarida tushumi bo’lishi lozim. Ayrim mijozlar uchun Kredit qo’mitasi qarori bilan istisno qo’llanilishi mumkin. Bir mijozga kredit ajratilishining eng kam miqdori 250 000 AQSH dollarni tashkil etadi. |
Kredit ta’minoti |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomida ko‘rsatilgan ta’minot turlari |
Kreditlash va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni |
Bankning amaldagi Kredit siyosati va Kreditlash Nizomi asosida amalga oshiriladi |
*Mijozlar tomonidan kredit limitidan yuqori miqdorda kredit ajratilishi bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan hollarda, bankning Kredit qo‘mitasi vakolatiga asosan kredit limitini qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Investitsion loyihalarni koʼrib chiqish uchun zarur boʼlgan hujjatlar roʼyhati:
1. Аriza;
2. Kredit oluvchining vakolatli organining kredit olish boʼyicha yigʼilish qarori. Vakolatlarni tekshirish uchun oxirgi kiritilgan oʼzgartirishlar bilan birga qarz oluvchining taʼsis hujjatlari nusxasi (litsenziya);
3. Oxirgi hisobot davri uchun Davlat soliq idoralariga topshirilgan moliyaviy hisobotlari;
4. Аgar qarz oluvchining boshqa kredit tashkilot (bank)larida xisobraqam va majburiyatlari mavjud boʼlsa, ushbu kredit tashkiloti (bank)dan maʼlumotnoma;
5. Oʼz tabdirkorlik faoliyatini amalga oshirishga moʼljallangan savdo, ishlab chiqarish joyi mavjudligi boʼyicha hujjatlar;
6. Loyiha TIА(TEO)si yoki biznes – reja;
7. Toʼliq xususiyati bilan uskuna yetkazib berishga kontrakt;
8. Oʼxshash uskunaning taqqoslash tasnifi, raqobat varaqasi;
9. Xom ashyo va materiallar yetkazib berishga shartnomalar;
10. Ishlab chiqilgan mahsulotni sotish shartnomalari;
11. Qurilish (rekonstruktsiya, kengaytirish, tex.jihozlash) uchun qurilish-rekonstruktsiyaga doir barcha hujjatlar;
12. Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʼmitasining ijobiy ekologik ekspertiza xulosasi;
13. Taʼminot hujjatlari;
Ushbu roʼyxatlar kreditning berilishini koʼrib chiqish uchun zarur boʼlgan yakuniy roʼyxat hisoblanmaydi. Bank zurur hollarda ushbu loyiha yuzasidan boshqa har qanday hujjatlarni talab qilish huquqiga ega.