Nashr etilgan: 23 may, 2022
Zamonaviy chakana xizmatlar faoliyati
Bugungi kunda moliya bozorida yuzaga kelayotgan sogʼlom raqobat muhitini shakllantirish hamda mijozlar uchun qulayliklarni yanada kengaytirish maqsadida Ipoteka-bankning oʼzida bir qator yangi loyihalar va xizmat turlari yoʼlga qoʼyilgan. Jumladan, Ipoteka-bank filiallari tasarrufida tashkil etilgan chakana kassalar orqali aholiga barcha turdagi kommunal va boshqa toʼlovlarni qabul qilish, omonatlarga pul mablagʼlarini jalb etish, xalqaro pul oʼtkazmalari xizmatlari, valyuta ayirboshlash kabi xizmatlar koʼrsatib kelinmoqda.