Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Bank kartalari

Humo-Visa
Valyuta:
UZS
Depozit:
yo'q
Bank komissiyasi:
30 000 sum

XIZMAT TURI

TO'LOV MIQDORI

1

A) Bank mijozi, ish haqi loyihasi ishtirokchisi bo'lgan mijozlar uchun ish haqi, pensiya, nafaqa, aliment va stipendiya uchun bank kartasini emissiya qilish, bank tomonidan bank kartasi shikastlangan bo'lganda yangilash;
B) Pensionerlarga emissiya qilingan bank kartasi texnik ishdan chiqqanda, yo'qolganda, amal qilish muddati o'tganda yangilash
(yil davomida bir marta)

bepul

2

A) Jismoniy shaxsga yangi bank karta emissiya qilish hamda texnik ishdan chiqqanda/yo'qolganda yangilash;
B) Amal qilish muddati o'tganda yangilash (amal qilish muddati 5 yil)

 30 000 so'm

3

Ipoteka-bank tizimida emissiya qilingan bank kartasiga naqdsiz shaklda mablag'lar kirim qilish

bepul

4

Bank tomonidan o'rnatilgan to'lov terminali (bank/BXM kassasi) orqali milliy valyutadagi kobeyj bank kartalaridan milliy valyutada naqd pul yechish

1 foiz


Har bir karta egasi uchun bank maxsus bank hisobraqam ochadi. Ushbu hisobvaraqda kartochka egasi o‘z ixtiyori bo‘yicha foydalanishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari saqlanadi. Kartochka ushbu hisobvaraqdan foydalanish uchun o‘ziga xos “kalit” hisoblanadi. Kartochkasiz ushbu hisobraqam bo‘yicha birorta ham amaliyotni amalga oshirish mumkin emas.

Mikrochip — kartochka sohibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, PIN kodlar va kartochka bilan amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa ma’lumotlarni o‘zida shifrlangan ko‘rinishda saqlovchi moslama.

PIN kod — bu faqat kartochka sohibiga ma’lum bo‘lgan parollar. Ulardan kartochka Egasi karta bo‘yicha amaliyotlarni tasdiqlash uchun foydalanadi.

PIN kod — 1 dan 8 tagacha xonali raqamgacha bo‘lgan koddan iborat bo‘lishi mumkin. Bank tomonidan 4 tadan kam bo‘lmagan raqamdan tashkil topgan parollarni o‘rnatish tavsiya qilinadi. Siz o‘z ixtiyoringiz bo‘yicha PIN kodlarni o‘zgartirishingiz mumkin. Buni infokiosklar, terminallar hamda Ipoteka-bank filiallarida amalga oshirish mumkin.

Karta yo‘qolgan taqdirda nima qilish kerak?

Karta o‘g‘irlangan yoki yo‘qotilgan hollarda qisqa muddatda telefon orqali yoki karta yo‘qotilganligi to‘g‘risidagi ariza bilan bankka murojaat qiling.

Ehtiyotkorlik choralari

  • kartani jismoniy shikastlanish (buklash, tushib ketishlar kabilar)dan ehtiyot qilish;
  • kartaning plastik asosini, ayniqsa, mikrochip joylashgan joyni deformatsiyalarga duchor qilmaslik;
  • kritik haroratlar ta’siriga qo‘ymaslik;
  • kartaga namlik va suyuqliklar, yemiruvchi plastik va tekstolitlar tushishidan ehtiyot qilish;
  • mikrochipni statik va elektr kuchlanishi ta’siridan ehtiyot qilish;
  • kartochkadan faqat ko‘zlangan maqsadda foydalanish.

HumoCard kartalarinig funksionali

  • Dual interfeysli kartalar (kontaktli va kontaktsiz)
  • PIN kodsiz kichik summada to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati
  • Noyob dizayn (embosclash, tekcturato‘rda lak bilan)
  • Kartani emissiya qilishda karta dizaynida kod va rasm joylashtirish imkoniyati
  • Jahon saviyasida mahsulotlar va xizmatlarni olish imkoniyati
  • O‘z ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda karta mahsulotlarini tanlash imkoniyati
  • Mijozlarga turli qulayliklarga ega bo‘lgan transport, studentlar uchun, oilaviy va boshqa turdagi kartalar

Ipoteka-Bankning Humo-Visa kartasi – bu zamonaviy va qulaydir!

Kartaning afzalliklari

· Karta mahsulotlarining (xizmatlarini) yaratishva boshqarish tizimining moslashuvchanligi

· Bir vaqtning o‘zida Humo va Visa emitent hamda ekvayer sifatida ulanish imkoniyati

· Mukammal (to‘la quvvatli) mobil banking

· Terminallar parki, plastik kartalar va protsessing tizimlarini xalqaro to‘lov tizimlari tomonidan sertifikatsiyalanishi

· Sodiqlik tizimlari bilan integratsiyalanish

· O‘z extiyojidan kelib chiqib karta mahsulotlarini (xizmatlarini) tanlash

· Bir qancha karta va hisobraqamlar uchun umumiy karta

· Bir hisobraqamga bog‘liq bo‘lgan ko‘plab kartalarni emissiya qilish

· Mijozlar uchun transportga, studentlarga mo‘ljallangan, oilaviy va boshqa turli qulayliklarga ega bo‘lgan kartalar

Ular tufayli Siz quyidagilarni amalga oshirishingiz mumkin:

· savdo-xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida (terminallar mavjud bo‘lgan joylarda) vositachilik haqi olinmagan holda tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish;

· barcha turdagi kommunal xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish;

· avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari xizmatidan foydalanish;

· uyali va shahar telefon aloqasi hamda internet provayderlarining xizmatlari uchun to‘lash;

· boshqa istalgan tashkilotlar va korxonalarning hisobraqamlariga to‘lovni amalga oshirish;

· kartadagi mablag‘larni istalgan banklarning filiallarida naqdlashtirish;

· kartadagi mablag‘larni istalgan HUMO bankomatlarida naqdlashtirish;

· kartani mobil ilovalarga biriktirgan holda mablag‘larni tasarruf etish;

Asosiy afzalliklari:

· Tezlik

· Savdo aktivligini rag‘batlantirish

· Marketingning yangi imkoniyatlari

· Innovatsion imidj

· Butun dunyo bo‘ylab yuz minglab bankomatlar va 22 milliondan ortiq savdo nuqtalari VISA kartalarini qabul qilmoqdalar.

Karta olish uchun quyidagilar zarur:

· Bank filialida ariza shaklini to‘ldirish (shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asli bo‘lishi shart);

· shartnomani imzolash.