Komplaens
Qoidabuzarliklar haqida xabar berish tizimining maqsadi — murojaatchilarga «Ipoteka-bank» ATIBning Etika Kodeksida belgilangan qoidalar buzilishi haqida xabar berish imkoniyatini taqdim etish. Ushbu tizim orqali xodimlar va uchinchi shaxslar qoidabuzarliklar yoki ehtimoliy qoidabuzarliklar haqida xabar berishlari mumkin.
Murojaatchilarning shaxsi sir saqlanadi va qoidabuzarliklar haqida xabar bergan shaxslar tazyiqqa uchramasligi ta’minlanadi.
Boshqaruv Raisining murojaati
Hurmatli O’quvchi,
OTP Guruhi – Vengriya va Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasining yetakchi bozor ishtirokchisidir. Bizning muvaffaqiyatimiz siri shundaki, bosh ofisimiz MShYE hududida joylashgani, shuningdek MShYE va Markaziy Osiyodagi sho‘ba korxonalarimiz, 70 yildan ortiq tajribamiz hamda qariyb 20 million mijozdan iborat bazamiz tufayli biz mijozlarimizning ehtiyojlarini yaxshi anglaymiz va ularni samarali qondirishga qodirmiz. Xodimlarimizning sodiqligi, innovatsion yechimlarga ochiqligi va ijodkorligi kelajakdagi muvaffaqiyatlarimizni kafolatlaydi.
Aksiyadorlik qiymatini, rentabellik va samaradorlikni doimiy ravishda oshirish bilan bir qatorda, xatarlarni boshqarish va qonuniy faoliyat yuritish, shuningdek biznes, etika va ichki nazorat choralarini samarali joriy etish OTP Guruhi faoliyatida eng muhim masalalardan biridir. Guruh uzoq muddatli yondashuvi va barqarorlikka intiluvchi mas’uliyatli pozitsiyasi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, Ipoteka bank OTP Group (keyingi o’rinlarda – Bank) qonuniy majburiyatlarini e’tiborga olib, o’z depozit egalari, aksiyadorlari va investorlarining manfaatlarini ko’zlab rentabelli faoliyat yuritishni ta’minlaydi. Bu ikki jihat muvozanatda bo’lishi va bir-birini to’ldirishi lozim.
Ipoteka bank OTP Group etika va qonun talablariga bo’ysunuvchi institut sifatida barcha qonunlarga, jumladan, korrupsiyaga qarshi qonunlarga rioya qilishga sodiqdir. Ipoteka bank OTP Group korrupsiya va poraxo’rlikning barcha shakllariga nisbatan murosasizlik tamoyiliga amal qiladi — har qanday korrupsiyaga qat’iyan qarshi turadi va korrupsiyaga qarshi harakatlarni qo’llab-quvvatlaydi.
Bizning bilimli va sodiq xodimlarimiz yuqori etika me’yorlarga amal qilgan holda ishlaydilar. Ular shaxsiy farqlarga hurmat bilan qaraladigan, qadr-qimmatga hurmat har qanday holatda ham muhim shart bo’lgan ish muhitida faoliyat yuritadilar. Ipoteka bank xodimlaridan o’z faoliyatini etika va professional standartlarga to’liq muvofiq ravishda amalga oshirish kutiladi.
Shaffof faoliyat yuritish hamda mijozlar va bank manfaatlarini uyg’unlashtirish eng muhim omillardandir. Biz ishonamizki, etik faoliyat bankning samaradorligi va raqobatbardoshligini, shuningdek ichki va xalqaro obro’sini oshirishga sezilarli darajada hissa qo’shadi.
Etik biznes yuritishning asosiy qoidalari va yo’nalishlari Etika siyosatida jamlangan. Mazkur hujjat bilan tanishish, unga rioya qilish va undagi o’zgarishlarni kuzatib borish barcha xodimlar va vakillar uchun asosiy talabdir.
Sandro Rtveladze
Ipoteka bank OTP Group Boshqaruv Raisi
Shaffoflik va ishonch
Agar siz korrupsion huquqbuzarliklar yoki noqonuniy harakatlarga duch kelsangiz, biz bilan bog‘lanishingiz mumkin. Biz sizning murojaatingiz maxfiyligini kafolatlaymiz va har bir xabarni ko‘rib chiqamiz
Qoidabuzarliklar haqida xabar berishBuzilishlar va korrupsiyani qulay tarzda xabar qilish
Telegram-bot orqali
Elektron pochta orqali
To‘g‘ridan-to‘g‘ri
Xaritada ochish
Telefon orqali
Dushanbadan jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha
78-150-89-68 - AKIB «Ipoteka-Bank» tizimidagi huquqbuzarliklar haqida ko'rsatilgan raqamga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin
78-150-36-99 - AKIB «Ipoteka-Bank» tizimida korrupsiya yoki poraxo‘rlik aniqlansa, ko'rsatilgan raqamga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin