Kreditni qanday to‘lash kerak

Kreditni o‘zingiz uchun qulay usulda - mobil ilovada yoki bank filialida to‘lang

Tavsiyalar bilan tanishing
Kreditni qanday to‘lash kerak

Mobil ilovada kreditni qanday to‘lash mumkin:

1

Ilovani ochish

Mobil ilovaning bosh ekranidagi bannerni bosish orqali kredit bo‘limiga o‘ting
2

Hisobni to‘ldirish

To‘lovni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan miqdorni hisobingizga qo‘shing
3

To‘lov turini tanlang

Oylik to‘lov yoki muddatidan oldin to‘lov
4

To‘lov

Amaliyotni tasdiqlang va kredit bo‘yicha to‘lovni amalga oshiring

Bank bo‘limida kreditni qanday to‘lash mumkin:

1

Bank bo‘limiga murojaat qiling

Eng yaqin bank bo‘limiga murojaat qiling yoki xaritadan o‘zingizga qulay bo'lgan bo'limni tanlang
2

Maslahat olish

Kassirga qarz oluvchining F.I.O. va kredit shartnomasi raqamini xabar qiling, uni mobil ilovada bilib olishingiz mumkin: Kreditlar - Batafsil ma’lumot bo‘limi
3

Kreditni to‘lang

Kreditni to‘lash uchun kerakli summani kiriting

Ko‘p so‘raladigan savollar

  • Ipoteka Retail mobil ilovasi
  • Bank kassalari va bankomatlari
  • Avtospisaniye
  • Payme, Click va Paynet

Ipoteka Retail mobil ilovasini o‘rnating yoki oching. Ilovaning asosiy ekranida kredit haqidagi ma’lumotlar aks etgan kichik e'lon paydo bo‘ladi. Uning yordamida kredit bo‘limiga o‘tib kredit hisobingizni to‘ldiri va o‘zingizga kerakli to‘lov turini tanlang. Amaliyotni tasdiqlashingiz hamda to‘lovni amalga oshirishingiz lozim

Bank filiallari kassalarida kreditni plastik karta yordamida yoki milliy valyutadagi naqd pul mablag‘lari bilan to‘lash mumkin

Kredit hisobraqami kredit rasmiylashtirilganda avtomatik ravishda ochiladi. Hisobni mobil ilovada to‘ldirish mumkin. Har oyda avtomatik ravishda pul yechiladi

Yo‘q, kreditni to‘lash uchun milliy valyutadagi plastik kartadan foydalanishingiz yoki qo‘lingizda naqd xorijiy valyuta bo‘lsa, uni so‘mga konvertatsiya qilishingiz kerak

Mijoz talabiga binoan kredit shartnomasiga o‘zgartirish kiritish uchun undiriladigan komissiya kredit qoldig‘ining 5 foizi miqdorida belgilanadi, biroq 500 000 so‘mdan ko‘p bo‘lmaydi

Buning uchun mobil ilovadan foydalanish kerak. Ipoteka Retail mobil ilovasini o‘rnating yoki oching. Ilovaning asosiy ekranida kredit haqidagi ma’lumotlar aks etgan kichik e'lon ko‘rsatiladi. Uning yordamida kredit bo‘limiga o‘tib kredit hisobingizni to‘ldiring va "Muddatidan oldin" to‘lov turini tanlab amaliyotni tasdiqlang va to‘lovni amalga oshiring.

Kreditni rasmiylashtirishda sanalar jadvali va oylik badallar miqdori belgilanadi. Kreditni muddatidan oldin istalgan qulay sanada to‘liq to‘lashingiz mumkin

Kreditni rasmiylashtirishda to'lov jadvali va oylik badallar miqdori belgilanadi. Kreditni muddatidan oldin istalgan qulay sanada to‘liq to‘lashingiz mumkin

Buning uchun Payme, Paynet yoki Click ilovasida qidiruv orqali bank nomini topishingiz va shartnoma raqamini kiritishingiz lozim. *Bank Payme va Click ilovalarining xizmatlari noto‘g‘ri ishlashi uchun javobgar emas.


Ilovani yuklab oling

Kartalar, hisobvaraqlar, pul o‘tkazmalari, to‘lovlar va boshqa bank xizmatlarini Ipoteka Bank mobil ilovasi orqali boshqaring.

Ipoteka Retail ilovasini yuklab oling
bg