18.02.2026

AKSIYADORLARNING NAVBATDAN TASHQARI UMUMIY YIG‘ILISHINI CHAQIRISH TO‘G‘RISIDA E’LON

2332
 HURMATLI AKSIYADORLAR!

"Ipoteka-bank" ATIB aksiyadorlik tijorat ipoteka banki ("Bank") ushbu bilan Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi ("Yig‘ilish") o‘tkazilishi to‘g‘risida quyidagilarni ma’lum qiladi:

  • O‘tkazish sanasi: 18.03.2026 yil 
  • O‘tkazish shakli: masofadan turib, https://evote.uz saytida elektron ovoz berish xizmatidan foydalangan holda  
  • Boshlanish vaqti: 11:00 da:
  • Aksiyadorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish vaqti: 10:00 da.
  • Yig‘ilishda ishtirok etish uchun aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi: 13.03.2026 yil.
  • Yig‘ilish o‘tkazilishi to‘g‘risida xabardor qilish uchun aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi: 16.02. 2026 yil.


KUN TARTIBI

  1. "Ipoteka-bank" ATIBning qo‘shimcha aksiyalarini chiqarish va ushbu chiqariluv shartlarini tasdiqlash;
  2. Qimmatli qog'ozlarni chiqarish va qimmatli qog'ozlar chiqarilishini davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalariga (ro'yxatdan o'tkazish raqami 2000) muvofiq "Ipoteka-Bank" ATIBning qo'shimcha aksiyalarini chiqarishni tasdiqlash;
  3. "Ipoteka-bank" ATIB Kuzatuv kengashining "Ipoteka-bank" ATIB ishtirokchisi bo‘lgan Bitim hujjatlarini tasdiqlash vakolatini ratifikatsiya qilish. 
  4. “Ipoteka-bank” ATIB OTP Guruhining tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
  5. “Ipoteka-bank” ATIB OTP Guruhining 2026-yilga mo‘ljallangan Biznes-rejasini tasdiqlash.
  6. "Ipoteka-bank" ATIB OTP Guruhi aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash.


YIG‘ILISH MATERIALLARI BILAN TANISHISH TARTIBI

Aksiyadorlar yig‘ilish materiallari bilan quyidagi manzilda tanishishlari mumkin:



AKSIYADORLARNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISH VA YIG‘ILISHDA ISHTIROK ETISH TARTIBI

Yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarni ro‘yxatga olish http://evote.uz/ saytidagi elektron ovoz berish xizmatidan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish va elektron ovoz berish tartibi to‘g‘risida batafsil ma’lumotni veb-saytda yoki quyidagi telefon raqami orqali olish mumkin: +998 90 006-77-44

Qo‘shimcha savollar bilan quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz: 
+998 78-150-11-22.


Hurmat bilan,

"Ipoteka-bank" ATIB

Kuzatuv kengashi


Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg