«DaroMax» depozit mahsuloti bo‘yicha yillik foiz stavkalarining yangilanishi
20.03.2026

«DaroMax» depozit mahsuloti bo‘yicha yillik foiz stavkalarining yangilanishi

2144

Hurmatli mijozlar!

Shuni ma’lum qilamizki, 2026 yil 1 apreldan boshlab «DaroMax» omonat mahsuloti bo‘yicha yillik foiz stavkalari yangilanadi.

Biz «DaroMax» muddatli omonati shartlarini o‘zgartirmoqdamiz. «Ipoteka-retail» mobil ilovasi orqali ochilganda, nominal yillik foiz stavkasi foizlar muddat oxirida to‘langanda yillik 18 foizni, foizlar har oyda to‘langanda esa yillik 15,5 foizni tashkil etadi. Omonat bank filiallari orqali ochilganda, foiz stavkasi muddat oxirida to‘langanda yillik 17,5 foizni, har oyda to‘langanda esa yillik 15 foizni tashkil qiladi. Muddatidan oldin qaytarib olingan omonatlar bo‘yicha foiz stavkalari ham yangilanmoqda. Batafsil ma’lumot uchun mahsulot pasporti bilan tanishishingizni so‘raymiz.

Mahsulot va xizmatlarimizni tanlaganingiz uchun tashakkur bildiramiz.


Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg