Ipoteka bank OTP Group Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan ikki nufuzli mukofotga sazovor bo’ldi
22.01.2025

Ipoteka bank OTP Group Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan ikki nufuzli mukofotga sazovor bo’ldi

249
Ipoteka bank OTP Group Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan ikki nufuzli mukofotga sazovor bo’ldi

2025 yil 21-yanvar kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) O'zbekistonda yashil moliya sohasidagi yutuqlarning taraqqiyoti va rivojlanishiga  bag'ishlangan "Innovatsiyalar, investitsiyalar, foyda: O'zbekistondagi 'yashil' moliyaning kelajagi" mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbir O'zbekistonda yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish  va savdo ko'magini rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilgan yutuqlarni e’tirof etishga bag'ishlandi.
Tadbir davomida Ipoteka bank OTP Group YeTTB tomonidan ikki yo’nalish, GEFF O‘zbekiston bilan iqtisodiyotning karbon chiqindilarini kamaytirish borasidagi yutuqlari  hamda qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasidagi eng yaxshi loyiha uchun mukofotlari bilan taqdirlandi. Ushbu natijalar, bankning O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi moliya xizmatlari bozorida yetakchi o‘rinda ekanligini tasdiqlaydi.

Mukofotlar Ipoteka banki va  YeTTB o‘rtasidagi samarali hamkorlik natijasi hisoblanadi. Ushbu hamkorlik mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Ipoteka bank OTP Group, mijozlar uchun moliyaviy xizmatlar doirasini kengaytirish va ilg‘or moliyaviy vositalarni joriy etishda davom etmoqda, bu esa O‘zbekistonning iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash va biznesni rivojlantirishga xizmat qiladi.


Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg