Mijozlar - yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun standart tariflarida o‘zgarishlar
12.06.2026

Mijozlar - yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun standart tariflarida o‘zgarishlar

14

Hurmatli mijozlar!

2026-yil 1-iyuldan boshlab yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisobvaraqlariga naqd pul mablag‘larini kiritishda, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun standart tariflari doirasida kirim qilinayotgan naqd pul summasining 0,5% miqdorida komissiya joriy qilinayotganligini ma’lum qilamiz.

Naqd pul mablag‘larini muntazam ravishda kiritib boradigan mijozlar uchun, debet aylanmalari hamda naqd pul mablag’larini kiritishga belgilangan limitlar doirasida imtiyozli shartlar bilan Tarif paketlarini taklif etamiz.

Amaldagi Tarif paketlari bilan tanishib chiqishingizni va biznesingiz uchun manfaatli tarif paketini tanlashingizni tavsiya qilamiz. Tarif paketlar bo’yicha maslahat olish va ulanish uchun xizmat ko’rsatilayotgan filial/BXMga murojaat qilishingiz mumkin.

Hamkorligingiz va ishonchingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.


Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg