Ipoteka bank OTP Group bankning keyingi rivojlanishi va o‘sishi doirasida boshqaruv jamoasidagi yangi o‘zgarishlarni e’lon qiladi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi natijasiga ko‘ra, Mixail Danilin Boshqaruv raisining o‘rinbosari va IT bloki rahbari etib saylandi. U 2025-yil sentabr oyidan buyon Ipoteka bank OTP Group Raqamli texnologiyalar direksiyasini boshqarib kelayotgan edi.
Mixail bank sohasida qariyb 20 yillik tajribaga ega bo‘lib, mahsulotlarni ishlab chiqish va raqamli banking yo‘nalishlariga ixtisoslashgan. U Rossiyaning yetakchi universitetlarida axborot texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida tahsil olgan. Bu unga texnik bilimlarni biznes jarayonlarini chuqur tushunish bilan uyg‘unlashtirish imkonini beradi. Faoliyati davomida Rossiyaning bir qator yirik banklarida chakana va korporativ mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, mamlakatdagi eng yirik xususiy banklardan birida tranzaksion mahsulotlar va korporativ raqamli banking yo‘nalishiga rahbarlik qilgan.
Yangi lavozimida Mixail butun IT blokiga rahbarlik qiladi. Uning asosiy vazifasi bank mahsulotlarini mijozlar uchun yanada qulay, tezkor va foydalanish imkoniyati yuqori bo‘lishini ta’minlashdan iborat.
Marton Ratki Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi natijasiga ko‘ra, Boshqaruv raisining o‘rinbosari va Strategiya va moliya bloki rahbari etib tayinlandi. U 2024-yil aprel oyidan buyon Ipoteka bank OTP Group Moliyaviy hisobot direksiyasini boshqarib kelayotgan edi.
Marton Budapeshtdagi Korvinus universitetining bakalavriat va magistratura bosqichlarini tamomlagan. Bank sohasidagi faoliyatini 2018-yilda Vengriyadagi OTP Bankda strategik rejalashtirish bo‘yicha maslahatchi sifatida boshlagan. Keyinchalik OTP Bankning Albaniyadagi filialida moliyaviy tahlilchi lavozimida ishlagan. Guruhning turli banklaridagi tajribasi unga OTP Group strategiyasini chuqur anglash va mahalliy bozorlarda moliyaviy boshqaruv amaliyotini uyg‘unlashtirish imkonini beradi.
Yangi lavozimida Marton bankning strategik rejalashtirish va moliyaviy boshqaruv yo‘nalishlariga rahbarlik qiladi. U Ipoteka bank OTP Group’ning barqaror o‘sishi va asosiy strategik ustuvor yo‘nalishlari amalga oshirilishini ta’minlashga mas’ul bo‘ladi.
Ipoteka bank OTP Group jamoasi Mixail va Martonni yangi lavozimlari bilan tabriklaydi hamda ularga muvaffaqiyatlar tilaydi. Ularning tajribasi va kasbiy salohiyati bankning bozordagi mavqeini mustahkamlash, mijozlar, xodimlar va hamkorlar uchun yanada ko‘proq qiymat yaratishga xizmat qilishiga ishonamiz.
Ushbu o‘zgarishlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilganidan so‘ng kuchga kiradi.
Ipoteka bank OTP Group jamoasi Mixail va Martonni yangi lavozimi bilan tabriklaydi va ularga yangi vazifalarida muvaffaqiyatlar tilaydi. Ishonamizki, ularning tajribasi va kasbiy mahorati bankning bozordagi mavqeini mustahkamlashga hamda mijozlar, xodimlar va hamkorlar uchun yanada ko‘proq qiymat yaratishga xizmat qiladi.