Korporativ mijozlar uchun yana bir qulaylik yaratildi

Korporativ mijozlar uchun yana bir qulaylik yaratildi

"Ipoteka-bank" oʼz mijozlariga qulayliklar yaratishda davom etadi.

Korporativ mijozlarimizni qoʼllab quvvatlash maqsadida, ularga "aylanma mablagʼlarni toʼldirish uchun" kreditlar yanada qulay shartlar asosida taqdim etiladi.

Аylanma mablagʼlar uchun kreditlar mijozlarning hisobot oyidan oldingi 12 oy davomida hisobvaragʼiga (faoliyatidan) kelib tushgan pul aylanmalari miqdorida, biroq 2 mlrd.soʼmdan oshmagan miqdorda taqdim etiladi. 

Аsosiysi, 500 mln.soʼmgacha boʼlgan kreditlar uchun garov taʼminoti talab qilinmaydi. 

Kredit rasmiylashtirish uchun filiallarimizga murojaat qilishingiz mumkin.

Batafsil: https://www.ipotekabank.uz/uzb/corporate/crediting



Ilovani yuklab oling

Kartalar, hisobvaraqlar, pul o‘tkazmalari, to‘lovlar va boshqa bank xizmatlarini Ipoteka Bank mobil ilovasi orqali boshqaring.

Ipoteka Retail ilovasini yuklab oling
bg