"Rais bilan kofe"
21.10.2019

"Rais bilan kofe"

296


Shu kunlarda "Ipoteka-bank" ATIB Boshqaruv Raisi Atabaev Shuxrat Xaldarovich hamda Bosh ofis xodimlari ishtirokida Bankning institutsional qayta qurish dasturi doirasidagi navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuvda bank rahbari bankning institutsional qayta qurish dasturini amalga oshirish jarayonlari va bu borada olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtaldi. Bank Raisi xodimlarning barcha savollariga batafsil javob berdi. Shu bilan birga, bankda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha xodimlarning takliflari va yangi g‘oyalari tinglandi hamda ularning foydasi alohida qayd etildi.


Uchrashuv ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Uchrashuvdagi samimiy muhit boshqaruv va bank xodimlari o‘rtasida o‘zaro xamjihatlikni mustahkamladi, bu esa bankni isloh qilish maqsad va vazifalarini samarali amalga oshirish uchun zarurdir.


Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg