Omonatchilarimiz uchun qulaylik
18.04.2020

Omonatchilarimiz uchun qulaylik

202

Hurmatli “Ipoteka-bank” omonatchilari!


Joriy yilning 1 aprelidan boshlab omonat muddati yakunlanayotgan omonatchilarga (online omonatlar bundan mustasno), bankimiz tomonidan bir tomonlama omonatlar muddatini ikki oyga (aprel, may oyida muddati keladigan omonatlar) uzaytirish imkoniyati taqdim qilinganini maʼlum qilgan edik.

Endilikda bu yaratilgan imkoniyat milliy valyutadagi omonatlar bilan birgalikda xorijiy valyutadagi omonatlarga ham tegishli ekanligini maʼlum qilamiz!

Bunda Siz,

  • bankka kelib, ariza toʼldirishingizga hojat yoʼq;
  • uzaytirilgan muddat uchun ham omonat foizlari shartnomada koʼrsatilgan stavkalarda saqlab qolinadi va foizlar hisoblanishda davom ettiriladi;
  • Siz, karantin shartlari tugaganidan keyin istalgan davrda kelib omonatingizni olishingiz mumkin boʼladi va ushbu davr uchun hisoblangan foizlar ham qoʼshib toʼlanadi.

Siz uyda qoling! Biz esa omonatingiz muddatini uzaytiramiz!



Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg