Ipoteka-bank: Transformatsiya jarayonlarini amalga oshirishda ETTB ning malakaviy kurslarini masofadan turib o‘zlashtirdilar.
11.11.2019

Ipoteka-bank: Transformatsiya jarayonlarini amalga oshirishda ETTB ning malakaviy kurslarini masofadan turib o‘zlashtirdilar.

353

Ma’lumki, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) o‘z kredit liniyalarini taqdim etgan turli mamlakat banklari xodimlarini bilimlarini oshirib keladi.


ETTB masofadan o‘qitish kurslarida bank tizimi bo‘yicha 50 nafardan ortiq xodimlar o‘z bilimlarini oshirdi. Mazkur tizimdagi xodimlardan 16 nafari “Ipoteka-bank” ATIB xodimlari bo‘lib, kurslarni muvaffaqiyatli tamomladi va sertifikatlar bilan taqdirlandi.


Ushbu kurslarni bankning turli yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar, jumladan, “Ipoteka-bank” ATIBning turli xil lavozimdagi rahbar va xodimlari ETTB qo‘llab-quvvatlash dasturi asosida tashkil qilingan ta’limni tugatib, distantsion ravishda testlarni muvafaqqiyatli topshirdilar.


Joriy yilning 6 noyabrь kuni poytaxtimizdagi “Radisson Blue” mehmonxonasida o‘quv kurslarni muvafaqqiyat bilan yakunlagan xodimlar uchun tashkil qilingan taqdirlash marosimida “Ipoteka-bank” ATIB xodimlari ham munosib ishtirok etib, banklar ichida eng ko‘p omadli yakunlagan dastlabki bitiruvchilar sifatida tarixga muhrlandilar.



Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg