Xorijiy nashrlar bilan hamkorlik
05.12.2019

Xorijiy nashrlar bilan hamkorlik

207

"Ipoteka-bank" ATIB Axborot va bank brendini boshqarish xizmati “Evromoney Institutional Investor PLC” vakillari bilan bankning investitsion muhiti hamda investorlarga yaratilgan qulayliklar haqida xorijiy hamkorlarimizga ma’lumot berish, jahon moliya bozorida nufuzini yanada orttirish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Evromoney Institutional Investor PLC” tomonidan nashr etilayotgan Evromoney, Asiamoney kabi jurnallar moliya olamida o‘ziga xos nufuzga ega nashrlardan hisoblanadi. Jurnalda chop etilayotgan chuqur tahlilga asoslangan maqolalarda iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda bank-moliya sohasining istiqboldagi vazifalari ham atroflicha sharhlab boriladi. 



Uchrashuvda mazkur nashrlar bilan hamkorlikni quyidagi uch yo‘nalishda davom ettirish yuzasidan takliflar bildirildi. 
1.Banklar, investitsiya va hamkorlik
2. Korporativ mijozlar
3.Portfel investitsiyalar 
Uchrashuv so‘nggida bu kabi nufuzli nashrlarda bank haqidagi ma’lumotlarni muntazam yoritib borish shuningdek bankdagi qulay investitsion muhitni targ‘ib qilish orqali yirik xorijiy mijozlarni jalb etish mumkinligi yuzasidan kelishib olindi.



Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg