Ipoteka bank OTP Group rasmiy saytining bosh sahifasida O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayramona vizual elementlar namoyon bo‘ldi. Davlat bayrog‘i ranglaridagi tasmalar, bug‘doy va paxta timsollari bank mahsulotlariga bag‘ishlangan illyustratsiyalar bilan uyg‘unlashib, bayramona muhit yaratdi.
Yangi bezak Mustaqillik bayramining o‘ziga xos muhitini aks ettirib, sayt dizaynini yanada boyitgan. Shu bilan birga, foydalanuvchilar o’zlariga kerakli mahsulotlar haqida ma’lumot olish va bankning raqamli xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega.
Ipoteka bank OTP Group rasmiy sayti 2026-yil aprel oyida to‘liq yangilangan. Shundan buyon bank saytni muntazam takomillashtirib bormoqda: saytdan foydalanish jarayonlarini yanada soddalashtirmoqda, shuningdek, mahsulotlar haqidagi foydali ma’lumotlarni kengaytirish orqali mobil ilova, internet-banking va Ipoteka Business xizmatlariga o‘tish yo‘lini qisqartirmoqda.
Ipoteka bank OTP Group mijozlarga kerakli ma’lumotlarni tezkor topish va bank xizmatlaridan onlayn foydalanishni yanada qulaylashtirish maqsadida sayt hamda raqamli xizmatlarini rivojlantirishda davom etadi. Asosiy maqsad esa mijozlarga tez, tushunarli va ortiqcha qadamlarsiz xizmat ko‘rsatishdan iborat.