"O'zbekiston: iqtisodiy islohotlarning natijalari va istiqbollari" forumi shu yilning 29-30 sentabr kunlari bo'lib o'tadi.
16.09.2021

"O'zbekiston: iqtisodiy islohotlarning natijalari va istiqbollari" forumi shu yilning 29-30 sentabr kunlari bo'lib o'tadi.

221

Joriy yilning 29-30 sentabr kunlari "O‘zbekiston: Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli" mavzusidagi Forum o‘tkaziladi.
Forum doirasida so‘nggi besh yil davomida O‘zbekistonda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning tahlili,  shuningdek iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun istiqbolli g‘oyalar muhokamalari asosiy o‘rin tutadi. 

Shuningdek,  forum ishtirokchilari:
➖ Makroiqtisodiy islohotlar; 
➖ Davlat ishtirokidagi banklar transformatsiyasi;
➖ Davlat ishtirokidagi korxonalar transformatsiyasi;  
➖ Kapital bozorlarini rivojlantirish;  
➖ Davlat-xususiy sheriklik loyihalari va xususiylashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha ham fikr almashadilar. 

Forum onlayn va oflayn formatlarda bo‘lib o‘tadi va ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali efirga uzatiladi.

“Ipoteka-bank” ATIB ushbu xalqaro forum ishtirokchisi va hamkori hisoblanadi. 
Batafsil ma’lumot olish uchun forum rasmiy saytini kuzatib boring: www.economic-forum.uz




Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg