Ipoteka bank kredit taʼtilini eʼlon qiladi
03.04.2020

Ipoteka bank kredit taʼtilini eʼlon qiladi

1558

“Koronavirus” pandemiyasi tufayli karantin tartiblari joriy qilinganligi sababli, aholiga qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida, “Ipoteka-bank” АTIB jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlarning (overdraft, onlayn mikroqarz, muammoli kreditlar bundan mustasno) toʼlovlari boʼyicha ikki oy muddatga taʼtil eʼlon qiladi.

Joriy yilning aprel-may oylariga toʼgʼri keladigan asosiy qarz toʼlovlari toʼlov jadvalining keyingi 6 (olti) oyiga taqsimlangan holda koʼchirildi;

Taʼtil davrida kredit toʼlovlarini oʼz vaqtida soʼndirilmaganligi uchun shartnomada belgilangan penya va jarima toʼlovlari hisoblanmaydi;

Jismoniy shaxslar taʼtil muddati oʼtgandan soʼng bankka qoʼshimcha murojaat qilishlari mumkin.

Kredit toʼlovlarini toʼlash uchun bankning “Ipoteka Bank” Mobile ilovasi, "Internet bank" masofaviy dasturi hamda boshqa mobil ilovalardan foydalanishingiz mumkin!

Eslatma: bu oʼzgarish qarzdorni mavjud kredit qoldigʼi va hisoblangan foizlarini kelgusida toʼlash majburiyatidan ozod etmaydi.


Android uchun mobil ilovani yuklab olish            |          iOs uchun mobil ilovani yuklab olish


"Internet bank" masofaviy dasturiga havola 1     |      "Internet bank" masofaviy dasturiga havola 2


Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg