Ipoteka bank biznes uchun yangi avlod raqamli ofis tizimini ishga tushirdi
02.09.2026

Ipoteka bank biznes uchun yangi avlod raqamli ofis tizimini ishga tushirdi

118

Yangi korporativ internet-banking tizimi kundalik bank operatsiyalari, bank mahsulotlari va mobil xizmatlarni yagona himoyalangan raqamli platformada birlashtiradi.

Ipoteka bank OTP Group yuridik shaxslar uchun yangi avlod korporativ internet-banking tizimini taqdim etmoqda. Bu avvalgi tizimning yangilangan ko’rinishi emas, balki uni to‘liq almashtiruvchi zamonaviy raqamli platforma hisoblanadi. Yangi tizim USB-tokenlardan foydalanish zaruratini, brauzerlarga bog‘liq cheklovlarni hamda eskirgan interfeys bilan ishlash ehtiyojini bartaraf etib, mijozlar uchun yanada qulay, xavfsiz va samarali bank xizmatlarini taqdim etadi.

Platforma Chrome, Safari, Firefox va Edge brauzerlarida barqaror ishlashni ta’minlaydi. Autentifikatsiya va operatsiyalarni tasdiqlash jarayonlari e-IMZO, MyID hamda biometrik texnologiyalar asosida amalga oshiriladi, xavfsizlik esa yangi avlod antifrod tizimlari bilan mustahkamlangan. iOS va Android uchun yaratilgan mobil ilovalar orqali korporativ mijozlar bank xizmatlaridan 24/7 foydalanib, hisobvaraqlarini boshqarishi va to‘lovlarni bir necha bosqichda smartfon orqali imzolashi mumkin.

Yagona tizimda to‘lovlar, SWIFT o‘tkazmalari, valyuta konversiyasi, korporativ kartalar, QR-to‘lovlar va ekvayring, ish haqi loyihasi, kreditlar, depozitlar, elektron hujjat aylanishi hamda bankka onlayn ariza yuborish imkoniyatlari mavjud. Mijozlar bank mahsulotlarini masofadan turib rasmiylashtirishi va boshqarishi, shuningdek, qog‘oz hujjatlarsiz va bank filialiga tashrif buyurmasdan MyID va e-IMZO yordamida hisobvaraq ochish imkoniyatiga ega.

Kompaniyalar tizimni o‘z biznes jarayonlariga mos ravishda sozlashi mumkin. Platforma operatsiyalarni yaratish, kelishish va imzolash vakolatlarini taqsimlash, limitlarni belgilash hamda kontragentlar bo‘yicha cheklovlar o‘rnatish imkonini beradi. Xoldinglar guruhdagi barcha kompaniyalarni yagona tizim orqali boshqarishi va har biri uchun alohida kirish huquqlarini belgilashi mumkin.

«Biz biznesga bank bilan kundalik ishlash uchun zarur bo‘lgan barcha imkoniyatlarni — operatsiyalar, bank mahsulotlari, kirish huquqlarini boshqarish va mobil servisni — yagona platformaga birlashtirdik. Endilikda mijozlar moliyaviy vazifalarni tezroq hal qilishlari va kompaniyani ofisda, uyda yoki safarda bo‘lishidan qat’i nazar boshqarishlari mumkin», — deya ta’kidladi Ipoteka bank OTP Group Raqamli texnologiyalar direksiyasi direktori Mixail Danilin.

Ariza qoldirish
Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg
Oxirgi yangilanish sanasi: 02.09.2026