Ipoteka bank OTP Group TIIF 2026 forumida: O‘zbekistonda biznes va investitsiya imkoniyatlarini kengaytirish istiqbollari
11.06.2026

Ipoteka bank OTP Group TIIF 2026 forumida: O‘zbekistonda biznes va investitsiya imkoniyatlarini kengaytirish istiqbollari

49

Ipoteka bank OTP Group Toshkent xalqaro investitsiya forumi — TIIF 2026’ning oltin homiysi sifatida O‘zbekistonda biznes va investitsiya imkoniyatlarini kengaytirishga hissa qo‘shmoqda. Bank kompaniyalarga moliyalashtirishga erishish, mahalliy bozorni o’zlashtirish hamda Markaziy Osiyoning eng jadal rivojlanayotgan iqtisodiy segmentlarida muvaffaqiyatli va uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashadi.

Ipoteka bank OTP Group TIIF 2026 forumining oltin homiysi sifatida Markaziy Osiyodagi yirik biznes hamjamiyati, xalqaro investorlar, moliya institutlari hamda davlat vakillarini bir maydonda jamlamoqda.

TIIF 2026 nafaqat yuqori darajadagi muloqot va muzokaralar maydoni, balki O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan bozorini o‘rganayotgan kompaniyalar uchun amaliy hamkorlik platformasi sifatida ham xizmat qiladi. Forum investitsion salohiyat, sanoat hamkorligi, infratuzilmani rivojlantirish, raqamli transformatsiya hamda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish kabi mintaqada faoliyatini kengaytirish va barqaror o‘sishga erishishni maqsad qilgan kompaniyalar uchun ustuvor yo‘nalishlarga qaratilgan.

Ipoteka bank OTP Group’ning oltin homiy sifatidagi ishtiroki xalqaro investorlar, mahalliy biznes vakillari va moliyaviy hamkorlar o‘rtasidagi muloqot hamda hamkorlikni rag‘batlantirish orqali ushbu ekotizimni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Mazkur platformani qo‘llab-quvvatlash orqali Bank kompaniyalar yangi sheriklik aloqalarini o‘rnatishi va O‘zbekistondagi istiqbolli rivojlanish imkoniyatlarini o‘rganishi mumkin bo‘lgan ochiq, shaffof va jozibador biznes muhitini shakllantirishga o‘z hissasini qo‘shadi. 

“TIIF 2026 — strategik g‘oyalar amaliy loyihalarga aylanuvchi muhim platformadir. Forum hamkori sifatida ushbu nufuzli tadbirda ishtirok etayotganimiz va O‘zbekistonning yangi iqtisodiy kun tartibini shakllantirishga xizmat qilayotgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlayotganimizdan mamnunmiz”, — dedi Ipoteka bank OTP Group Boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Adam Szentpéteri. Markaziy va Sharqiy Yevropaning yetakchi mustaqil moliyaviy guruhlaridan biri bo‘lgan OTP Group tarkibida faoliyat yuritgan holda, biz mahalliy bozor haqidagi chuqur bilim va tajribamizni Yevropaning ilg‘or bank amaliyoti bilan uyg‘unlashtiramiz. Shu orqali hamkorlarimiz bilan birgalikda O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror o‘sishi va uzoq muddatli rivojlanishiga hissa qo‘shishga intilamiz”.

Ipoteka bank OTP Group turli iqtisodiy miqyosidagi segmentlar — kichik va o‘rta biznesdan tortib, yirik korporativ mijozlargacha barcha moliyaviy yechimlarni taqdim etadi. Bank xizmatlari moliyalashtirish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, raqamli bank yechimlari hamda barqaror rivojlanishga xizmat qiluvchi mahsulotlarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu voqea biznes vakillari uchun mahalliy bozor xususiyatlarini chuqur biladigan va ayni paytda xalqaro miqyosda e’tirof etilgan standartlar asosida faoliyat yuritadigan ishonchli moliyaviy hamkorga ega bo’lish imkoniyatidir. Bunday yondashuv kompaniyalarga bozor muhitida samarali yo‘nalish topish, zarur moliyaviy resurslarni jalb etish hamda O‘zbekistondagi biznes rejalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga ko‘maklashadi.

Bankning moliyaviy natijalari ushbu mavqeni tasdiqlaydi. 2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, Ipoteka bank OTP Group’ning sof foydasi 47,7 mln AQSh dollarini qayd etdi. Ushbu ko‘rsatkich bank samaradorligining oshib borayotgani, mijozlar uchun yechimlar rivojlanayotgani va operatsion barqarorlik mustahkamlanayotganini ifodalaydi.

Shu nuqtai nazardan, Ipoteka bank OTP Group O‘zbekiston bozoriga kirish yoki mamlakatdagi faoliyatini kengaytirishni rejalashtirayotgan kompaniyalar uchun ishonchli hamkor sifatida namoyon bo‘ladi. Bank mahalliy bozor haqidagi chuqur bilim va xalqaro tajribani uyg‘unlashtirgan holda, investitsiyalarni rag‘batlantirish, biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda barqaror iqtisodiy o‘sishga xizmat qiluvchi biznes ekotizimini rivojlantirishga ko‘maklashadi. 



Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg