Hurmatli mijozlar!
Ma’lum qilamizki, 2026-yil 7-avgustdan boshlab “DaroMax” mahsuloti bo‘yicha yangi omonatlar ochish to‘xtatiladi.
Mazkur o‘zgarish faqat yangi omonatlar ochilishiga taalluqli. Ushbu sanaga qadar rasmiylashtirilgan barcha omonatlar tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq xizmat ko‘rsatishda davom etadi.
Savollaringiz bo‘lsa, bankning eng yaqin filialiga yoki kontakt-markaziga murojaat qilishingiz mumkin.
Ipoteka-bankka bildirgan ishonchingiz va tanlovingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.