Ipoteka bank OTP Group xodimlari ESG Summit 2026’da ishtirok etdi

Ipoteka bank OTP Group xodimlari Budapesht shahrida OTP Group tomonidan tashkil etilgan ESG Summit 2026’da ishtirok etdi.

Tadbir barqaror rivojlanish yo‘nalishidagi ustuvor vazifalar, “yashil” transformatsiya tashabbuslari hamda ESG tamoyillarini bank faoliyatiga integratsiya qilish masalalarini muhokama qilish uchun OTP Group tarkibidagi banklar vakillari va ESG mutaxassislarini birlashtirdi.

Sammit davomida ishtirokchilar tajriba almashib, barqaror moliyalashtirish, iqlim tashabbuslari, ESG risklari va mas’uliyatli biznes amaliyotlari bo‘yicha dolzarb tendensiyalarni muhokama qildilar.

ESG Summit’da Ipoteka bank OTP Group’ning ishtiroki bankning barqaror rivojlanish yondashuviga sodiqligi, shuningdek ESG tamoyillarini biznes jarayonlari va korporativ boshqaruv tizimiga izchil integratsiya qilish borasidagi qat’iy pozitsiyasini namoyon etаdi.


Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg