Ipoteka bank OTP Group O‘zRTXB orqali xomashyo xaridini 90 kungacha to‘lovni kechiktirish imkoniyati bilan moliyalashtirdi
09.09.2026

Ipoteka bank OTP Group O‘zRTXB orqali xomashyo xaridini 90 kungacha to‘lovni kechiktirish imkoniyati bilan moliyalashtirdi

Ipoteka bank OTP Group tomonidan “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ (O‘zRTXB) orqali amalga oshirilgan xomashyo xaridi bo‘yicha birja shartnomasi moliyalashtirildi.

Ipoteka bank OTP Group xomashyo xaridi bo‘yicha birja shartnomasining o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minladi. Moliyalashtirish jarayonida ajratilgan mablag‘lar belgilangan tartibda to‘g‘ridan-to‘g‘ri “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ orqali o‘tkazildi. Bu xaridorga zarur xomashyoni o‘z vaqtida qabul qilish, yetkazib beruvchiga esa mahsulot uchun to‘lovni tezkor ravishda olish imkonini berdi.

Ushbu moliyalashtirish mexanizmi xaridorga zarur xomashyoni aylanma mablag‘lariga ortiqcha yuklama bermasdan xarid qilish imkonini yaratdi. Bunda kompaniya 90 kungacha bo‘lgan to‘lovni kechiktirish imkoniyatidan foydalanib, likvidlikni samarali boshqarish imkoniga ega bo‘ldi. Natijada pul oqimlarini yanada moslashuvchan rejalashtirish, kassa uzilishlari xavfini kamaytirish hamda aylanma mablag‘larni tadbirkorlikning kundalik ehtiyojlari uchun saqlab qolish ta’minlandi.

Mazkur bitim Ipoteka bank OTP Group tomonidan taqdim etilayotgan birja shartnomalarini moliyalashtirish yechimlarining samaradorligini namoyon etib, O‘zRTXB orqali xaridlarni amalga oshirayotgan boshqa kompaniyalar uchun ham yangi imkoniyatlar yaratadi. Korxonalar xomashyo xaridini 90 kungacha bo‘lgan to‘lovni kechiktirish sharti asosida moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘lib, bu ularga aylanma mablag‘lardan yanada samarali foydalanish, likvidlikni saqlash va joriy xaridlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish imkonini beradi.

MDH davlatlarining ayrimlarida mazkur moliyalashtirish mexanizmi moliya bozori amaliyotida “agentlik faktoringi” nomi bilan tanilgan.


Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg
Oxirgi yangilanish sanasi: 09.09.2026