Ipoteka bank OTP Group tashabbusi bilan Toshkent viloyatida mahalla “Yordamchi agent”lari uchun iqtisodiy o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda

Ipoteka bank OTP Group tashabbusi bilan Toshkent viloyatida mahalla “Yordamchi agent”lari uchun iqtisodiy o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda

Ipoteka bank OTP Group tashabbusi bilan Toshkent viloyatida mahalla “Yordamchi agent”lari uchun iqtisodiy o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirlar mahallalarda iqtisodiy faollikni oshirish va aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan kompleks yondashuvni namoyon etmoqda.

Seminarlar mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik muhitini faollashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘quv-seminarlarda moliyaviy savodxonlik va raqamli moliyaviy savodxonlik masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ishtirokchilarga oqilona moliyaviy qarorlar qabul qilish, daromad va xarajatlarni samarali boshqarish hamda shaxsiy moliyaviy farovonlikka erishishga xizmat qiluvchi bilim va ko‘nikmalar taqdim etilmoqda.

Raqamli moliyaviy savodxonlik esa raqamli xizmatlar va texnologiyalardan xavfsiz hamda samarali foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, seminarlarda moliyaviy ommaboplik masalalari ham keng muhokama qilinmoqda. Xususan, aholi va kichik tadbirkorlik subyektlari uchun depozit, kredit va to‘lov xizmatlari kabi bazaviy bank xizmatlaridan qulay va sifatli shartlarda foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor berilmoqda.

Bank hisobvarag‘ini ochish esa moliyaviy tizimga kirishning dastlabki va muhim qadamlaridan biri sifatida qayd etilmoqda.

Umuman olganda, mazkur seminarlar mahalla agentlarining nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash bilan birga, ularni hududlarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga xizmat qilmoqda. Natijada mahallalarda yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirish uchun mustahkam zamin yaratilmoqda.



Ilovani yuklab oling

Kartalar, hisobvaraqlar, pul o‘tkazmalari, to‘lovlar va boshqa bank xizmatlarini Ipoteka Bank mobil ilovasi orqali boshqaring.

Ipoteka Retail ilovasini yuklab oling
bg