Toshkent, 2026-yil 27-avgust — Ipoteka bank OTP Group “Sergeli” filialida yangilash ishlarini yakunlab, uning faoliyatini qayta yo‘lga qo‘ydi. Filialda mijozlarga xizmat ko’rsatish hududlari, zonalari, ichki navigatsiya tizimi hamda xodimlar uchun ish joylari yangilandi.
Filial jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatib, hisobvaraqlarni ochish va yuritish, kreditlash, hisob-kitob-kassa xizmatlari hamda to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadi.
Filialda mijozlarga xizmat ko‘rsatish hududlari va ichki yo‘naltirish tizimi takomillashtirilib, xodimlar uchun zamonaviy ish joylari yaratildi.
“Sergeli” filiali Toshkentdagi filiallar tarmog‘I orasida muhim o‘rin tutadi. Filialni yangilash jarayonida mijozlar uchun qulay xizmat ko‘rsatish hududlarini yaratish va makondan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratdik. Ushbu yangilanish mijozlar uchun yanada qulay sharoit yaratib, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qiladi, — dedi Ipoteka bank OTP Group Filiallar tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Timur Muxitdinov.
Filial manzili: Toshkent shahri, Sergeli tumani, Mehrigiyo ko‘chasi, 1A.
Ish vaqti: dushanbadan jumagacha, soat 09:00 dan 17:00 gacha.