Ipoteka bank OTP Group yoshlar ta’limini rivojlantirmoqda: universitetda yangi o’quv laboratoriya foydalanishga topshirildi
12.06.2026

Ipoteka bank OTP Group yoshlar ta’limini rivojlantirmoqda: universitetda yangi o’quv laboratoriya foydalanishga topshirildi

21

Ipoteka bank OTP Group Chirchiq davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda universitetning ta’lim infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatga ega loyihani yo’lga qo’ydi.  Ish haqi loyihasi doirasida universitetning “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi o‘quv-uslubiy laboratiyasi mukammal ta’mirlanib, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi.

Ta’limga kiritilgan sarmoya — yurt kelajagi va malakali yosh kadrlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Mazkur yondashuvdan kelib chiqib, Ipoteka bank OTP Group yoshlar uchun ilg‘or ta’lim sharoitlarini yaratishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Yangilangan o‘quv-uslubiy laboratoriya talabalarga mutaxassislik fanlarini chuqurroq o‘zlashtirish, nazariy bilimlarini mustahkamlash va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi. Yaratilgan sharoitlar ta’lim jarayonini yanada qulay, zamonaviy va amaliyotga  yo‘naltirishga xizmat qiladi.

“Ta’lim tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bankning ijtimoiy mas’uliyati doirasidagi muhim yo‘nalishlardan biri sanaladi. Sifatli ta’lim yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratib, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishiga ishonamiz. Talabalarning zamonaviy va ilhomlantiruvchi muhitda ta’lim olishiga qaratilgan loyihalarda ishtirok etish biz uchun muhimdir”, — dedi Ipoteka bank OTP Group boshqaruv raisi o‘rinbosari Dmitriy Sapronov.

Chirchiq davlat pedagogika universitetining moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori Oybek Ortiqovning ta’kidlashicha, o‘quv xonasining yangilanishi universitet hayotida muhim voqea sifatida muxrlanadi. 

Ipoteka bank OTP Group qo‘llab-quvvatlovi natijasida talabalarimiz ta’lim sifati va kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qiladigan zamonaviy ta’lim sharoitlariga ega bo’lishdi. Bunday tashabbuslar ta’lim va biznes o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlab, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi”, — dedi Oybek Ortiqov.

Mazkur loyihaning amalga oshirilishi bank sektori va oliy ta’lim tizimi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi. Ipoteka bank OTP Group inson kapitalini rivojlantirish, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish va mamlakat iqtisodiyoti uchun salohiyatli mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan tashabbuslarni rag’batlantirishni davom ettiradi. 



Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg