Ipoteka bank OTP Group tomonidan obodonlashtirish tizimi xodimlariga 152 ta elektr motorollerlar topshirildi

Ipoteka bank OTP Group poytaxtimizni gullab-yashnashi yo’lida tinimsiz mehnat qilayotgan Toshkent shahar obodonlashtirish tizimi xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli tashabbusni yo‘lga qo‘ymoqda. Loyiha Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Kuni kecha bu borada Ipoteka bank OTP Group va Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘linmalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi. Unga ko‘ra, bank poytaxt obodonlashtirish xizmati ehtiyojlari uchun 152 ta elektr motorollerlar xaridini moliyalashtiradi. 

Bundan tashqari, qariyb 1 000 nafar xodim yillik 16,9 foizli imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, hamkorlik asosida xodimlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar shakllantiriladi.

“Bu tashabbus biz uchun shunchaki hamkorlik emas, balki poytaxtimiz farovonligi yo‘lida xizmat qilayotgan insonlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Biz zamonaviy bank sifatida shahar rivoji va aholi turmushini yaxshilashga o‘z hissamizni qo‘shishni muhim deb hisoblaymiz”, — dedi Ipoteka bank OTP Group filiallar tarmog‘i direksiyasi direktori Farhod Inoyatov.

Bankda qayd etilishicha, ijtimoiy va infratuzilmaviy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash Ipoteka bank OTP Group strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bank ijtimoiy himoyani kuchaytirish, moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda shahar infratuzilmasini rivojlantirishga hissa qo‘shishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishni izchil davom ettiradi. 



Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg