Ipoteka bank OTP Group, UZCARD va ATTO Toshkent jamoat transportida yo‘l haqini 50 foiz chegirma bilan to‘lash imkoniyatini yo‘lga qo‘ymoqda
10.11.2026

Ipoteka bank OTP Group, UZCARD va ATTO Toshkent jamoat transportida yo‘l haqini 50 foiz chegirma bilan to‘lash imkoniyatini yo‘lga qo‘ymoqda

16-noyabrdan 16-dekabrgacha Ipoteka bank OTP Group’ning yangi karta egalari Toshkent avtobuslari va metrosida kuniga dastlabki ikki marta qatnov uchun yo‘l haqini 50 foiz chegirma bilan to‘lash imkoniga ega.

Ipoteka bank OTP Group UZCARD va ATTO bilan hamkorlikda bank mahsulotlari, to‘lov yechimlari va transport infratuzilmasini birlashtirgan aksiyani yo‘lga qo‘ymoqda. Mazkur tashabbus mijozlarga kundalik qatnovlar uchun qo‘shimcha tejamkorlik yaratish hamda jamoat transportida bank kartalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Aksiya davomida, 2026-yil 16-noyabrdan 16-dekabrgacha, Ipoteka bank OTP Group tomonidan chiqarilgan yangi individual UZCARD, UZCARD Moment va UZCARD Kids kartalari orqali to‘lov amalga oshirilganda, bir martalik yo‘l haqi 2 500 so‘m o‘rniga 1 250 so‘mni tashkil etadi. 50 foizlik chegirma har bir karta bo‘yicha kuniga dastlabki ikki marta qatnov uchun amal qiladi.

Aksiyada ishtirok etish uchun bankning istalgan filialida ko‘rsatilgan kartalardan birini rasmiylashtirish va yo‘l haqini to‘lashda jismoniy kontaktsiz kartani ATTO validatoriga tekkizish kifoya. Chegirma qo‘shimcha ro‘yxatdan o‘tish yoki xizmatni faollashtirish talab etilmagan holda avtomatik tarzda qo‘llaniladi.

Aksiyada ish haqi loyihalari doirasida hamda korporativ segment uchun chiqarilgan kartalar, shuningdek, aksiya boshlanishidan avval emissiya qilingan kartalar ishtirok etmaydi.

Aksiyaning to‘liq shartlari bilan www.ipotekabank.uz saytida tanishish mumkin. Qo‘shimcha ma’lumotni bankning 1233 raqamli Kontakt-markazi orqali olish mumkin.

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg
↑
Oxirgi yangilanish sanasi: 10.11.2026