Ipoteka Bank OTP Group va «UzAuto Motors» AJ o’rtasida 50 million AQSH dollarlik kelishuv shartnomasi imzolandi
16.06.2025

Ipoteka Bank OTP Group va «UzAuto Motors» AJ o’rtasida 50 million AQSH dollarlik kelishuv shartnomasi imzolandi

419

Ipoteka Bank OTP Group va «UzAuto Motors» AJ hamkorlik aloqalari doirasida 50 million dollarlik shartnoma imzoladi. Loyiha O‘zbekistonning avtomobil sanoatini rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqarish zanjirlarini kengaytirish hamda dilerlar va xaridorlar uchun moliyalashtirish shartlarini yaxshilashga qaratilgan.

Hamkorlik barqaror rivojlanish va innovatsiyalarni joriy etish sohasida yangi imkoniyatlar ochadi. 2023 yildan boshlab, xalqaro OTP Group tarkibida faoliyat ko’rsatayotgan Ipoteka Bank bugungi kunda ixtisoslashgan ipoteka muassasasidan rivojlangan raqamli va korporativ infratuzilmaga ega universal bankka aylangan.

Aytish kerakki, ushbu sheriklik ishonch va mas’uliyat tamoyillari asosida qurilgan bo‘lib, O‘zbekiston iqtisodiyoti va texnologik taraqqiyotini rivojlantirishga xizmat qiladi.


Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg