Yoshlar bizning kelajagimiz
03.06.2021

Yoshlar bizning kelajagimiz

228
Joriy yilning 28 may kuni "Ipoteka-bank" ATIB Kichik biznes va chakana xizmatlar bloki rahbari S.Abdullaev va Yoshlar ittifoqi Etakchilar kengashi raisi – Boshqaruv Raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi F.Baxramov ishtirokida mamlakatimizdagi olis tumanlaridan biri – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.



Uchrashuvda yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 maydagi “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi hamda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida"gi nizomi keng yoritib berildi, shuningdek, yoshlar uchun hozirgi kunda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan qulayliklar hamda bugungi kundagi bank tizimidagi yangiliklardan xabardor qilindi.



Uchrashuvda yoshlar  tomonidan tikuvchilik uchun tikuv mashina sotib olish, issiqxona qurish, avtomobillarga xizmat ko‘rsatish binosi qurish uchun imtiyozli kredit olish kabi murojaatlari tumandagi mas’ul bank boshqaruvchilari bilan birgalikda ko‘rib chiqildi va ijobiy hal etilishi kelishib olindi.

Tadbir so‘ngida uchrashuvda qatnashgan faol yoshlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg