Xususan, Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumanida faoliyat yurutuvchi mijozimizga Osiyo taraqqiyot banki mablagʼlari hisobidan “Chorvachilik sohasida qoʼshilgan qiymat zanjirini yaratishni rivojlantirish” loyihasi doirasida umumiy qiymati 4 451 mln.soʼm miqdoridagi sut va goʼsht maxsulotlarini yetishtirish uchun qishloq xoʼjaligi texnikasi va naslli qoramol sotib olish loyihasiga 2 900 mln.soʼm miqdorida kredit ajratish maʼqullangan. Jamiyat yiliga 679 tonna sut va 3 tonna goʼsht yetishtirishni, 3 ta yangi ishchi oʼrni yaratishni rejalashtirgan.