Diqqat e'lon
14.10.2022

Diqqat e'lon

235

Kommunal to‘lovlarni uyingizdan chiqmasdan va o‘zingiz uchun istalgan qulay vaqtda Ipoteka Mobile ilovasi orqali bepul to‘lang! Shuningdek, kommunal to‘lovlarni “Ipoteka-bank” bankomatlarida ham bepul amalga oshirishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Shu bilan birga, joriy yilning 1 noyabridan “Ipoteka-bank” ATIBning Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda “Hududgazta’minot” AJ bilan tuzgan bosh shartnomalari bekor qilinishini ma’lum qilamiz.

Shu sababli, bank tariflariga asosan joriy yilning 1 noyabridan boshlab bank ofislarida maishiy chiqindilarni olib chiqish va tabiiy gaz iste’moli uchun to‘lovlarni qabul qilishda aholidan bank xizmatlari uchun 3 000 (uch ming) so'm miqdorida komissiya undiriladi.


Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg