Jismoniy shaxslar uchun ayrim chakana xizmatlar tariflariga o‘zgartirish kiritildi.

“Ipoteka-bank” ATIB joriy yilning 1 dekabridan boshlab jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan chakana xizmatlar bo‘yicha bank tariflari yangilanishi haqida ma’lum qiladi.

Yangilanish doirasida quyidagi tariflar va toʻlovlar oʻzgartirildi:

  • “Oson Ipoteka” krediti boʻyicha yillik foiz stavka Toshkent shahri va respublikaning boshqa aholi punktlari uchun bir xil boʻldi;
  • "Fidokor" avtokreditining foiz stavkasi 23% ni tashkil etdi;
  • "Qalqon" avtokreditining foiz stavkasi 23% ni tashkil etdi;
  • “Iste`mol” kreditining  foiz stavkasi 26,99%ni tashkil etdi (O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarni xarid qilish uchun “Ipoteka-bank”ning ish haqi loyihasida ishtirok etuvchi tashkilotlar xodimlari uchun);
  • “Fidokor” mikrokrediti foiz stavkasi 23% ni tashkil etdi;
  • "Qalqon" mikrokrediti foiz stavkasi 23% ni tashkil etdi;
  • "Onlayn" mikrokredit uchun yillik sug'urta badali 1% ni tashkil etdi.

Qoʻshimcha maʼlumotlarni + 99878-150-11-22 yoki 1233 qisqa raqami orqali olish mumkin.



Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg