Liderlar forumi
20.05.2024

Liderlar forumi

328

Kuni kecha Ipoteka-bank Bosh ofisi rahbarlari ishtirokida Orom dam olish maskanida Liderlar forumi oʼtkazildi. Unda Ipoteka-bank Boshqaruv Raisi, Boshqaruv Raisi o'rinbosarlari, direksiya direktorlari va departament boshliqlari ishtirok etdilar.


Soʼlim togʼ qoʼynida tashkil etilgan forumni Ipoteka-bank Boshqaruv Raisi E.Inomjonov ochib berdi. Unda faoliyatimizdagi ijobiy oʼzgarishlar, bugunga qadar kuzatilgan va kelajakda kutilayotgan natijalar haqida aytildi. Xususan, bankimizda doimo oʼzining kreativ gʼoyalari, tashabbuskorligi, salohiyati bilan ajralib turuvchi kadrlar qoʼllab-quvvatlanishi, muvaffaqiyatli strategiya zamirida jamoaning oʼrni va ahamiyati katta ekanligi, shuningdek, bankning nufuzi asosini salohiyatli, teran fikrlaydigan xodimlar tashkil etishi taʼkidlandi.


Shu bilan bir qatorda, yil yakuniga qadar yangi filiallar tarmogʼining ochilishi, korporativ biznes loyihalarini yoʼlga qoʼyish, Private banking yoʼnalishini joriy qilish, shaxsiy protsessing markazi(visa, Mastercard va UnionPay)ni ochish, yangi kollekshn tizimi va IT tuzilmalarini yoʼlga qoʼyilishi kutilayotgani haqida alohida aytib oʼtildi.


Shunday kotarinki ruhda ishtirokchilar guruhlarga bo'lingan holda turli jamoaviy shartlarni bajardilar, samimiy kulgi va qiziqarli raqobat orqali jamoaviy yakdillikni namoyon qilishdi.


Аnjuman davomida Gavhar dasturi doirasidagi aktiv yoʼnalish rahbarlari Boshqaruv Raisi tomonidan taqdirlandilar.


Maʼlumot oʼrnida, bu kabi tadbirlar pishiq ishlangan maqsadli strategiyani eng sara takliflar va gʼoyalar asosida yanada mustahkamlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.



Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg