Tadbirkor ayollar uchun navbatdagi trening Olmazor filialida tashkil etildi
23.11.2022

Tadbirkor ayollar uchun navbatdagi trening Olmazor filialida tashkil etildi

282

«Ipotek-bank» АTIB hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Woman in bussines CА” dasturi doirasida joriy yilning 16 noyabr kuni Olmazor filialida Olmazor va Shayxontohur filiallari mijozi boʼlgan ayol tadbirkorlar ishtirokida “Zamonaviy biznesni yuritish yoʼllari” mavzusida seminar-trening boʼlib oʼtdi.

Seminar davomida ayol tadbirkorlar guruhlarga boʼlingan holda interaktiv “Mikro biznes” oʼyinida ishtirok etdilar.


Ushbu tashkil etilgan seminar-trening orqali ayol tadbirkorlar biznesni yuritishda ilgʼor bank texnologiyalari va bank xizmatlarining innovatsion yondashuvlari toʼgʼrisida xabardor boʼlgan holda, mijozlarni oʼzaro fikr almashish hamda oʼz faoliyatlari davomida yuzaga kelishi mumkin boʼlgan risklarni baholash salohiyatlariga ega boʼldilar.


Navbatdagi seminar-trening Yunusobod filialida boʼlib oʼtadi.


Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg