Ipoteka-bank “Digital Marketing Awards 2023” gʼoliblari qatorida
24.03.2023

Ipoteka-bank “Digital Marketing Awards 2023” gʼoliblari qatorida

195


Joriy yilning 19-20 mart kunlari Hilton Tashkent City mehmonxonasida faol brendlar, agentliklar va raqamli kontent mualliflari uchun birinchi xalqaro raqamli marketing forumi boʼlib oʼtdi. 

Forum davomida 22 ta nominatsiya boʼyicha gʼolib deb topilganlarga Digital Marketing Awards mukofotlari topshirildi.

Ipoteka-bank rasmiy sayti - Digital Marketing Awards 2023 xalqaro forumida “2023 yilda Oʼzbekiston banklari saytlari orasida qidiruv boʼyicha yetakchi” nominatsiyasiga sazovor boʼldi. 

Digital Marketing Awards nominatsiyasini qoʼlga kiritgan gʼoliblar orasida Ipoteka-bankning borligidan mamnunmiz va tadbir tashkilotchilariga oʼz minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.


Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg