Avtomobilsiz kun
24.04.2024

Avtomobilsiz kun

519


Prezident farmoniga ko‘ra, har oyning to‘rtinchi chorshanbasi “Avtomobilsiz kun” deb e’lon qilindi. Shu bois Ipoteka-bankning bir qator rahbarlari va xodimlari ushbu loyihaga ishtiyoq bilan yondashdilar va shu kuni shaxsiy avtomobildan foydalanmagan holda ishga jamoat transportida va boshqa yashil transport turlari, ya’ni velosiped va elektrosamokatda kelishdi. 

Shunday qilib, Ipoteka-bank xodimlari ushbu loyihada ishtirok etishlari orqali ekologiyani yaxshilashga o'z hissalarini qo'shdilar.

“Avtomobilsiz kun” fuqarolar uchun o‘z avtomobillaridan voz kechishning ko‘plab afzalliklarini, jumladan, havo ifloslanishini kamaytirish hamda xavfsizroq muhitda piyoda va velosipedda yurishni targ‘ib qilish uchun ajoyib imkoniyatni yaratadi.

Ipoteka bank xodimlari ushbu loyiha doirasidagi keyingi tadbirlarda ham bugungi kabi faol ishtirok etadilar. 


Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg