Sizning mobil telefonigizda bankning barcha хizmatlari
17.04.2019

Sizning mobil telefonigizda bankning barcha хizmatlari

683

Hurmatli mijozlar!

Bankka borish uchun sarflanadigan vaqtni unuting!

«Ipoteka-bank» mobil ilovasi - bu xavfsiz va zamonaviy xizmat bo'lib, mobil telefoningiz (yoki planshet) yordamida bank amaliyotlaridan foydalanish imkoniyatini yaratadi, jumladan:

  • Tezkor to'lovlar (kommunal, byudjet, uyali aloqa va internet, telefoniya uchun to'lovlar);
  • Elektron omonat ochish yoki tasarruf etish;
  • Bankdagi mavjud barcha hisobvaraqlarni ko'rish (kredit va plastik kartalardagi qolgan mablag’lar);
  • Xorijiy valyutalarni milliy valyutaga (so'm) konvertatsiya qilish;
  • Bankdan olingan kreditlaringizni nazorat qilish va kredit bo'yicha to'lovlarni amalga oshirish.

Mobil banking ilovasidan foydalanishingiz uchun Sizdan “Ipoteka-bank”ning har qanday filialida ro'yxatdan o'tish talab etiladi. Tizimga kirishda login va parol hamda bir martalik kod Sizning uyali aloqa telefoningizga SMS xabar shaklida yuboriladi.


Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg