Aksiyadorlar uchun izoh yangi emissiyadagi aksiyalarni sotib olish bo‘yicha imtiyozli huquqni amalga oshirish tartibi to'g'risida
Hurmatli aksiyadorlar!
Aksiyadorlardan yangi emissiyadagi aksiyalarni sotib olish bo‘yicha imtiyozli huquqni amalga oshirish tartibiga oid kelib tushayotgan savollarni inobatga olga holda, “Ipoteka Bank” ATIB ushbu huquqni amalga oshirish tartibini qo‘shimcha ravishda tushuntirish hamda barcha bog‘liq masalalar bo‘yicha batafsil ma’lumot taqdim etishni zarur deb hisoblaydi.
Mazkur tushuntirish orqali xarid qilish mumkin bo‘lgan aksiyalar sonini hisoblash tartibi, to‘lov shartlari, ariza topshirish usullari va oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish tartibini bayon qilinadi.
I. Sotib olinadigan aksiyalar sonini hisoblash tartibi
Har bir aksiyador 2026 yil 18 mart holatiga tuzilgan reyestrdagi o‘ziga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda yangi emissiyadagi aksiyalarni sotib olish huquqiga ega.
Ma’lumot uchun:
— Muomalaga chiqarilgan aksiyalarning umumiy soni: 3 834 217 638 941 dona
— Yangi emissiyadagi aksiyalar soni: 391 305 000 000 dona
Hisoblash formulasi:
(2026 yil 18.03 holatiga sizga tegishli aksiyalar soni ÷ 3 834 217 638 941) × 391 305 000 000 = imtiyozli huquq asosida sotib olish uchun sizga taqdim etiladigan aksiyalar soni
Misol uchun:
Aksiyador 2026 yil 18 mart holatiga 10 000 000 dona aksiyaga egalik qilgan. Bunda hisob-kitob quyidagicha bo‘ladi:
10 000 000 dona ÷ 3 834 217 638 941 dona × 391 305 000 000 dona ≈ 1 020 524 dona aksiya
Shunday qilib, ushbu aktsiyador imtiyozli huquq asosida yangi chiqarilgan aktsiyalarning taxminan 1 020 524 ta aksiyalarni sotib olish huquqiga ega.
Izoh: aksiyador imtiyozli huquqdan to‘liq yoki qisman foydalanishi hamda arizada hisoblangan maksimal miqdordan oshmagan istalgan miqdordagi aksiyalarni ko‘rsatishi mumkin.
Aksiyalaringiz sonini qanday aniqlash mumkin:
Agar siz 2026 yil 18 mart holatiga o‘zingizga tegishli bo'lgan aksiyalarning aniq sonini bilmasangiz, quyidagilarga murojaat qiling:
— o‘zingizning investitsiya vositachingizga (brokerga);
— “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJga, agar hisobingiz qaysi investitsiya vositachisi (broker)da ochilganini bilmasangiz.
Aloqa ma’lumotlari:
“Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJ
Manzil: 100170, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 107-uy.
Telefon: +998 71 211 09 09
Elektron pochta: info@uzcsd.uz
Veb-sayt: www.uzcsd.uz
II. Aksiyalar uchun to'lov - summa va rekvizitlar
Joylashtirishda ishtirok etish uchun aksiyador aksiyalarni joylashtirish sanasidan oldin "Ipoteka Bank" ATIBning joriy hisob raqamiga mablagʻ oʻtkazishi shart.
To'lanadigan summa:
To‘lov summasi = Sotib olinayotgan aksiyalar soni x 1.1 so'm
Mablag‘larni o‘tkazish uchun rekvizitlar:
Bank nomi - ATIB "Ipoteka Bank"
Bank STIR - 202858483
Bank MFO - 00937
Hisob raqam — 29830000400000937102
To'lov maqsadi : Imtiyozli huquq asosida ATIB "Ipoteka Bank"ning yangi chiqarilgan aksiyalari uchun to'lov. Aksiyadorning F.I.Sh., JShShIR — ______________________ (jismoniy shaxslar uchun). Tashkilot nomi, STIR — ______________________ (yuridik shaxslar uchun).
Muhim: toʻlov 2026- yil 10- maygacha ATIB “Ipoteka Bank” hisob raqamiga kelib tushishi shart .
III. Ariza berish tartibi
Imtiyozli huquqdan foydalanish uchun belgilangan shakldagi ariza (ushbu izohga ilova qilinadi) Bank manziliga 2026-yil 10-maydan kechiktirmay topshirilishi kerak. Ariza quyidagi usullardan biri bilan topshirilishi mumkin:
1. Pochta orqali — Bankning quyida ko‘rsatilgan pochta manziliga. Yetkazilganligi haqida bildirishnoma bilan buyurtma xat orqali yuborish tavsiya etiladi..
2. Elektron pochta orqali - imzolangan arizaning skanerlangan nusxasini info@ipotekabank.uz manziliga yuborish.
Arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
— jismoniy shaxslar uchun - shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash joyida ro'yxatdan o'tganlik to'g'risidagi guvohnoma (doimiy ro'yxatdan o'tish), to'lov kvitansiyasi ;
— yuridik shaxslar uchun - davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnoma nusxasi , to'lov kvitansiyasi.
Aloqa ma'lumotlari:
ATIB "Ipoteka Bank"
Manzil: 100000, Toshkent sh., Mirzo-Ulug'bek tumani, Shahrisabz ko'ch.,30
Elektron pochta: info@ipotekabank.uz ; dividends@ipotekabank.uz
Telefon: +998 78 150 11 22 / 1233
Arizalarni topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 10-maygacha (shu jumladan)
IV. Joylashtirish sanasi va oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish
Arizalarni qabul qilish muddati tugagandan so'ng, ATIB "Ipoteka Bank" investitsiya vositachisi "Dalal Standart" MChJ bilan birgalikda yangi chiqarilgan aksiyalarni arizalarni topshirgan va to'lovni amalga oshirgan aksiyadorlar o'rtasida taqsimlaydi. Aksiyalarni joylashtirish 2026-yil 18- mayda boshlanadi .
Oldi-sotdi shartnomasini tuzish:
Joylashtirish yakunlariga ko‘ra, har bir ishtirokchi aksiyalar oldi-sotdi shartnomasini tuzishi shart. Bu quyidagi usullardan biri orqali amalga oshiriladi:
| Usul | Jarayon tartibi | |
| 1. | Ofisga shaxsiy tashrif | Aksiyador shartnomani imzolash uchun “Dalal Standart” MChJ ofisiga shaxsan keladi. O‘zi bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) bo‘lishi kerak. |
| 2. | Ishonchnoma asosida vakil orqali | Aksiyador o'z nomidan oldi-sotdi shartnomasini imzolash uchun vakilga notarial tasdiqlangan ishonchnoma rasmiylashtirishi mumkin. |
V. Investitsiya vositachisi (broker) – “Dalal Standart” MChJ
Mazkur joylashtirish bo‘yicha konsultant investitsiya vositachisi (broker) “Dalal Standart” MChJ hisoblanadi. Oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish va imzolash bilan bog‘liq barcha savollar bo‘yicha quyidagi aloqa ma’lumotlariga murojaat qilishingiz mumkin:
Aloqa ma'lumotlari:
"Dalal Standart" MChJ
Manzil: Toshkent, 100170, Mustaqillik shoh ko'chasi , 107-uy, 1-qavat, 115-ofis ( Toshkent Respublika fond birjasi binosida, Diplomatiya universiteti ro'parasida).
Elektron pochta : info@dalal.uz
Telefon: +998 71 268 0 4 0 1, +998 90 187 51 25
Veb-sayt : www.dalal.uz
VI. ATIB "Ipoteka Bank" aloqa ma'lumotlari:
Imtiyozli huquqni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha masalalar bo‘yicha ATIB “Ipoteka Bank”ga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Aloqa ma'lumotlari:
ATIB "Ipoteka Bank"
Manzil: 100000, Toshkent sh., Mirzo-Ulug'bek tumani, Shahrisabz ko'ch., 30
Elektron pochta: info@ipotekabank.uz ; dividends@ipotekabank.uz
Telefon: +998 78 150 11 22 / 1233
Veb-sayt: www.ipotekabank.uz
Ariza